Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet192/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Hal qiluv qarorini tushuntirish
Hal qiluv qarorini qabul qilgan iqtisodiy sud, ushbu qarorni bekor qilish yoki o‘zgartirishi mumkin emas.
Birinchi instansiya sud tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish yuqori instansiya sudlari vakolatiga kiradi. Faqat IPKda belgilangan alohida holatlardagina hal qiluv qarorini qabul qilgan iqtisodiy sud o‘zi tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatishi mumkin.
Iqtisodiy sud tomonidan hal qiluv qarorini tushuntirish yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish usullaridan biridir. Bu usul iqtisodiy sud tomonidan noaniq qaror chiqarilganda qo‘llaniladi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi ariza bilan uni qabul qilgan iqtisodiy sudga ishda ishtirok etuvchi shaxs, davlat ijrochisi, zimmasiga sudning hal qiluv qarorini ijro etish yuklatilgan boshqa organ ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Iqtisodiy sud hal qiluv qarorini uning mazmunini o‘zgartirmagan holda tushuntirib berishga haqli. Agar hal qiluv qarori ijro etilgan yoki uni majburiy ijroga qaratishga taqdim etish uchun qonunda nazarda tutilgan muddat o‘tgan va bu muddat tiklanmagan bo‘lsa, hal qiluv qarorini tushuntirishga yo‘l qo'yilmaydi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risidagi ariza sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, davlat ijrochisi zimmasiga sudning hal qiluv qarorini ijro etish yuklatilgan boshqa organ majlis vaqti va joyi to'g'risida xabardor qilinadi. Tegishli ravishda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko'rishga to'sqinlik qilmaydi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risidagi ariza u berilgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi. Hal qiluv qarorini tushuntirish haqida yoki tushuntirishni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Hal qiluv qaroridagi xatolarni tuzatish
Iqtisodiy sud ishda ishtirok etuvchi shaxs, davlat ijrochisi zimmasiga sudning hal qiluv qarorini ijro etish yuklatilgan boshqa organning arizasiga ko'ra yoki o‘z tashabbusi bilan yo‘l qo'yilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni, hal qiluv qarorining mohiyatiga tegmagan holda tuzatishga haqlidir.
Ko‘p hollarda yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar alohida so'zlar, sud tarkibi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ismi, familiyasi, otasining ismini yozishda, yuridik shaxsning nomini yozganda yo‘l qo'yiladi.
Hal qiluv qarorida undirilishi ko'rsatilgan pul mablag'i miqdori, sana, mulkni undirish choralariga tuzatish kiritishga faqat agar bu noaniqlik hisoblashdagi tasodifiy xatolik yoki harfiy xatolik, yozuvdagi xatolik natijasi bo'lgan holda yo‘l qo'yiladi.
Agar hisob-kitob qonunni noto'g'ri tushunilishi oqibatida kelib chiqqan bo'lsa, u holda xato yuqori sud instansiyasi tomonidan tuzatilishi mumkin.
Hal qiluv qarorida yo‘l qo'yilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tushuntirish to'g'risidagi ariza sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, davlat ijrochisi zimmasiga sudning hal qiluv qarorini ijro etish yuklatilgan boshqa organ majlis vaqti va joyi to'g'risida xabardor qilinadi. Tegishli ravishda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko'rishga to'sqinlik qilmaydi.
Yozuvdagi yo‘l qo'yilgan xatolarni, harfiy xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to'g'risidagi ariza u berilgan kundan e'tiboran yigirma kunlik muddatda ko'rib chiqiladi. Yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni, hisob- kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to'g'risida yoki tuzatishni rad etish haqida ajrim chiqariladi. Yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni, hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to'g'risidagi yoki tuzatishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling