Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Iqtisodiy sudlari tomonidan jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani halqilish uchun ko‘riladigan chora-tadbirlar


Download 464.55 Kb.
bet200/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Iqtisodiy sudlari tomonidan jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani halqilish uchun ko‘riladigan chora-tadbirlar
IPK 200-moddasining beshinchi qismiga muvofiq agar sud iqtisodiy nizosini ko'rayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qo'zg'atish to'g'risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haiqda prokurorga xabar qiladi. Bunday xabar iqtisodiy sudning xususiy ajrimida ko'rsatilishi lozim.
Ajrimning mazmuni
Ajrimning mazmuni uni chiqarish tartibiga, ya’ni alohida xonada yoki sud majlisi zalida qabul qilinishiga bog‘liq.
Barcha ajrimlarni rasmiylashtirish tartibiga ko‘ra qonun ikki guruhga bo‘ladi: a) alohida hujjat sifatida chiqariladigan ajrimlar; b) og‘zaki e’lon qilinib, sud majlisi bayonnomasiga yoziladigan ajrimlar.
Biroq har bir sud ajrimida hal qilinishi lozim bo‘lgan savollarga to‘liq va yaxshi asoslantirilgan javob ifodalanishi lozim, chunki uning qonuniyligi, ishonarliligi va haqqoniyligi shunga bevosita bog‘liqdir.
Birinchi guruhga ishni ko‘rishni keyinga qoldirish, ish yuritishni to‘xtatish, ish yuritishni tugatish, da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimlar kiradi.
Iqtisodiy sud alohida sud hujjati shaklida IPKda nazarda tutilgan boshqa holatlarda ham ajrim chiqaradi (39, 80, 91, 123,124, 140 va boshqa moddalar).
Alohida protsessual hujjat sifatida rasmiylashtiriladigan ajrimning mazmuni o‘z ichiga kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlarni olishi lozim.
Ajrimning kirish qismida iqtisodiy sudning nomi, ish raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi (sudya yoki sudyalarning familiyasi, ismi, sharifi), sud majlisi kotibining familiyasi, ismi, sharifi, nizoning predmeti, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (da’vogar, javobgar, prokuror va hokazo) ko‘rsatilishi shart.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling