Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet201/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ajrimning bayon qismida iqtisodiy sud ajrim chiqarish yo‘li bilan hal qilishi lozim bo‘lgan masala ko‘rsatilishi kerak. Ajrimning bayon qismi “aniqladi” so‘zi bilan boshlanib, unda sud masalaning mohiyatini va uni ko‘rib chiqish natijalarini qisqa, to‘liq va aniq ifodalashi lozim. Turli ajrimlarda bayon qismining mohiyati bir xil bo‘lmaydi. Masalan, IPKning 155-moddasi bo‘yicha chiqariladigan ajrimning bayon qismida taqdim qilingan da’vo arizadagi qanday kamchiliklar uni qaytarish uchun sabab bo‘lganligi, sud topshirig‘i berish to‘g‘risidagi ajrimning (IPKning 91-moddasi) bayon qismida esa, ko‘rilayotgan ishning qisqacha mohiyati ifodalanishi lozim.
Ajrim chiqarilayotgan masala tafsilotini batafsil yoritilishi uning ishonchliligini oshiradi va uni asoslantirilishiga zamin tayyorlaydi.
Sudlov ishini tugatadigan ajrimlarda, masalan, da’vogarning da’vodan voz kechganligi qabul qilinishi yoki kelishuv bitimi tasdiqlanishi munosabati bilan ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimlarning bayon qismi sudning hal qiluv qaroridagi kabi ifodalanishi kerak.
Ajrimning asoslari juda muhim ahamiyatga ega. Ular qarorning haqqoniyligi va adolatliligi kafolati bo‘lib, nafaqat aniq bir ajrimning, balki uni chiqarish bo‘yicha butun protsessual jarayonning qonuniyligi ko‘rsatkichi sifatida xizmat qiladi.
Ajrimning asoslari odil sudlovni amalga oshirish mexanizmining ikki muhim masalasini ifodalaydi: 1) sud hujjatiga asos qilib olingan dalillarni tanlanishini asoslab berish (nima uchun bu dalillar haqqoniy deb topilgan); 2) huquqiy xulosalarning mavjud muayyan dalillardan kelib chiqishini asoslab berish.
Ajrimning asoslari sud tomonidan chiqarilgan hujjat qonunga bo‘ysungan holda qabul qilinganligini tasdiqlaydi. Aynan shu asoslar ish ko‘rilish jarayonida qatnashgan taraflar va boshqa shaxslarda chiqarilgan ajrimning haqqoniyligi, asosliligiga ishonch tug‘diradi.
Ajrimning asoslantiruvchi qismida sud o‘z xulosalarini chiqarishiga olib kelgan sabablar, bunda tayanilgan qonun hujjatlari ko‘satiladi.
Xulosa qismida sudning hal qilinayotgan masala yuzasidan aniq va qisqa xulosalari bo‘lishi lozim. Masalan, ishni ko‘rish keyinga qoldirilganda ishni ko‘rish qaysi sana va vaqtga tayinlanganligi, agar qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa, ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati ko‘rsatilishi kerak.
Bunday ajrimlarni chiqarish uchun sud alohida xonaga chiqishi kerak. Hamma masalalar ko‘rib chiqilgach, shu yerda aniq bir xulosaga kelinadi va ajrim chiqariladi hamda u biror bir sudya tomonidan yozma ravishda bayon qilinib, ishni ko‘rish jarayonida qatnashgan barcha sudyalar tomonidan imzolanadi. Imzolangan ajrim sud majlisida o‘qib eshittiriladi.
Sud majlisi zalida alohida xonaga chiqmasdan chiqariladigan ajrimlar ham bayon qilish, asoslantiruvchi va xulosa qismlardan iborat bo‘ladi. Bunday qismlarsiz u sudning huquqini qo‘llash hujjati bo‘la olmaydi. Mazkur ajrimlarning kirish qismi tariqasida sud majlisi bayonnomasining kirish qismi xizmat qiladi.
Ular faqat sud muhokamasi jarayonida hal qilinishi talab qilinadigan masalalar yuzasidan chiqariladi, masalan, qo‘shimcha dalillarni ishga qo‘shish, sud majlisini olib borish tartibi va dalillarni tekshirish, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisiga kelmaganda ishni ko‘rish to‘g‘risida va boshqalar. Bular sud majlisida raislik qiluvchi tomonidan og‘zaki e’lon qilinadi va sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi.
Ajrimni yuborish
IPKning 197-moddasida ishtirok etuvchi shaxslarga faqat alohida hujjat tariqasida iqtisodiy sud chiqargan ajrimning ko‘chirma nusxalarini yuborish to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Qonun ajrimning ko‘chirma nusxalarini yuborishni ajrim chiqarilgan kundan, ya‘ni keyingi kundan boshlanadigan besh kunlik muddatini belgilaydi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrimda daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa ajrim elektron tarzida yuborilishi mumkin.
Ajrimni ijro etish
Agar qonunda yoki sud tomonidan boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, sudning ajrimi darhol ijro etiladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Alohida hujjat tariqasida chiqariladigan iqtisodiy sudning hamma ajrimlari ikki guruhga bo‘linadi: a) ustidan shikoyat qilishga yo‘l qo‘yilmaydigan ajrimlar; b) qonunga muvofiq shikoyat qilish mumkin bo‘lgan ajrimlar.
Birinchi guruh ajrimlar ustidan sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat qilish mumkin emas, shuning uchun ularda shikoyat qilish tartibi va vaqti haqida hech qanday ma’lumot berilmaydi.
IPKda chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat qilish mumkinligi belgilangan hollarda bu haqida ajrimda ko‘rsatilishi shart. Shuningdek, ajrim ishning kelgusidagi harakatiga to‘sqinlik qilgan taqdirda, sudning hal qiluv qaroridan alohida tarzda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Apellatsiya shikoyati (protesti) ajrim chiqarilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida, kassatsiya shikoyati (protesti) esa ajrim qonuniy kuchga kirgandan so‘ng bir oy ichida beriladi.
13-1 Jadval

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling