Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq
Download 464.55 Kb.
|
ИПҲ-дарслик-2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
- KAZUSLAR
- 2-kazus
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR: Iqtisodiy sud hal qiluv qarorini qabul qilishda hal etiladigan masalalarni muhokama qiling. Iqtisodiy sud ajrimi va hal qiluv qarori bir-biridan qanday farqlanadi? Ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror va uni rasmiylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiring. Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish asoslarini misollar asosida tahlil qiling. KAZUSLAR 1-kazus Da’vogar “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” AJ nomidan “Yunusobod tuman elektr tarmoqlari korxonasi” iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “Toshissiqquvvati” IChB UK hisobidan 1.077.565,41 so‘m asosiy qarz, mahsulotni shartnomaviy hajmlardan kam olganlik uchun 1.368.172,99 so‘m jarima, 3.886,92 so‘m mahsulotni shartnomaviy hajmlardan ortiqcha olganlik uchun jarima va 77.077,94 so‘m penya undirishni so‘ragan. Sudning 20.08.2017-yil 20-avgustdagi hal qiluv qarori bilan da’vogarning da’vo talablari qisman qanoatlantirilgan va javobgardan da’vogar foydasiga 3.886,92 so‘m shartnomaviy hajmlardan ortiqcha olganlik uchun jarima va 7.200 so‘m pochta xarajatlari hamda respublika budjetiga 77,7 so‘m davlat boji undirilgan. Keyinchalik sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar “Toshissiqquvvati” IChB UK iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilib, qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilishni so‘ragan va arizada da’voning undirilgan qismi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 153- moddasiga asosan da’vo muddatini qo‘llagan holda da’voni to‘liq rad qilishni so‘ragan. Mazkur holatda, sud qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish uchun etarli asoslar mavjud emas deb hisoblab, arizani qanoatlantirishni rad yetgan. Vaziyatga huquqiy baho bering. Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish shartlarini tushuntiring. 2-kazus Da’vogar “TOShNEFTGAZQURILISh” aksiyadorlik jamiyati iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “SEKOND UNIVERSAL QURILISh SERVIS” sho‘‘ba korxonasi hisobidan asosiy qarz va penya undirishni so‘ragan. Ishni sudda ko‘rish jarayonida aniqlanishicha, da’vogar “O'ZELEKTROAPPARAT-ELECTROShlELD” aksiyadorlik jamiyati shakldiga qo‘shma korxonasining qarzdor XICQK “UMUM QURILISh SERVIS”ni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza asosida bankrotlik ishi qo‘zg‘atilgan va sudning 10.10.2017 yildagi hal qiluv qarori bilan XICQK “UMUM QURILISh SERVIS” bankrot deb topilgan. Javobgarning bankrot deb topilganligi sababli sudya tomonidan ish yuritish tugatilgan. Vaziyatga huquqiy baho bering. Download 464.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling