Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet206/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Bankrotlik taomillari
Qarzdor yuridik shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda quyidagi taomillar qo‘llaniladi: a) kuzatuv; b) sud sanatsiyasi; v) kelishuv bitimi; g) tashqi boshqaruv; d) tugatishga doir ish yuritish.
Qarzdor YTT hamda YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslar bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda quyidagi taomillar qo‘llaniladi: a) kelishuv bitimi; b) tugatishga doir ish yuritish.
Kuzatuv- bankrotlik to'g'risida ish qo'zg'atilganda iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ish yuritishiga qabul qilgan sanadan e’tiboran joriy etiladigan birinchi sud taomilidir. Kuzatuv mol-mulkni saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilish maqsadida qo‘llaniladi. Kuzatuv birinchi sud majlisi o‘tkazilgunga va bankrot korxonaning keyingi taqdiri hal qilinguniga qadar amalda bo‘ladi. Keyingi taomilni tanlash kreditorlar yig‘ilishi fikriga bog‘liq bo‘ladi. Umumiy qoida bo‘yicha kuzatuv uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin, lekin alohida hollarda ikki oydan oshmagan muddatgacha uzaytirilishi mumkin. Biroq ishni o‘z vaqtida hal qilish maqsadida muvaqqat boshqaruvchi tomonidan barcha tartib- qoidalarga amal qilgan holda kuzatuv qisqa muddatlarda olib borilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kuzatuv taomili yuridik shaxslarni soddalashtirilgan bankrotlik taomillarida qo‘llanilmaydi, chunki kuzatish taomilini o‘tkazish uchun qonunda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish zaruriyati mavjud bo‘lmaydi va tugatishga doir ish yuritishdan o‘zga taomilni tanlash imkoniyati bo‘lmaydi.
Sud sanatsiyasi - iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir. Kuzatuv jarayonida qarzdor, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning birinchi yig‘ilishiga yoxud sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan bevosita iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli. Sud sanatsiyasi iqtisodiy sud tomonidan joriy etiladi. Sud sanatsiyasi iqtisodiy sud kuzatuvi va sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi harakatlari ustidan nazorat ostida amalga oshiriladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling