Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet205/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar

Bankrotlik tushunchasi va alomatlari
Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) deganda iqtisodiy sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘liq hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuniga (bundan buyon - Qonun) muvofiq yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslar iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb e’tirof etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan buyon - FK) 39-moddasiga binoan o‘z mulkida, iqtisodiy yuritishda yoki operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.
Yakka tartibdagi tadbirkor (bundan buyon YTT) deb belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs hisoblanadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik YTT tomonidan mustaqil, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol- mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi. YTT O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.
Umumiy qoidaga ko‘ra qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi.
Qonunda alohida toifadagi qarzdorlarga nisbatan maxsus qoidalar ham belgilagan bo‘lib, ular ustuvor tarzda tatbiq etilishi kerak. Bunday maxsus qoidalar jumlasiga, xususan, shaharni tashkil etuvchi va unga tenglashtirilgan korxonalarni bankrot deb topish asoslari to‘g‘risidagi qoidalar kiradi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling