Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Hal qiluv qarorini qabul qilishda hal etiladigan masalalar


Download 464.55 Kb.
bet189/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Hal qiluv qarorini qabul qilishda hal etiladigan masalalar
Iqtisodiy sud hal qiluv qarorini qabul qilishda:

  1. ishtirok etuvchi shaxslarning o‘z talablari va e'tirozlarini asoslantirish uchun keltirgan dalillari va vajlariga baho beradi;

  2. ish uchun ahamiyatli qaysi holatlar aniqlanganligini va qaysilari aniqlanmaganligini belgilaydi;

  3. ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qaysi qonun hujjjatlarini ushbu ish bo'yicha qo'llash mumkin emasligini hal qiladi;

  4. ushbu ish bo'yicha qaysi qonun hujjjatlarini qo'llash zarurligini aniqlaydi;

  5. ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanday huquq va majburiyatlari borligini belgilaydi;

  6. da'voni qanoatlantirish lozimligini yoki lozim emasligini hal qiladi.

Iqtisodiy sud hal qiluv qarorini qabul qilishda dalillarni qo'shimcha ravishda tekshirishni yoki ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlashni davom ettirishni zarur deb topsa, sud muhokamasini yangidan boshlaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi faqat qo‘shimcha tekshirish ehtiyoji bo‘lgan holatlar doirasida olib boriladi. Ajrim sud majlisida e’lon qilinadi. Faqat shundan keyingina iqtisodiy sud ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni tekshirishga qaratilgan turli protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Agar ishni yangidan mazmunan muhokama qilgandan keyin iqtisodiy sud barcha qo'shimcha ma'lumotlarni darhol olish imkoniyatiga ega bo'lmasa, yangi hujjatlami talab qilishi, guvohlarni so'roq qilishi, ekspertiza tayinlashi, dalillarni ko'zdan kechirishi va boshqalarni amalga oshirishi lozim bo'lsa, u IPKning 171- moddasiga muvofiq sud muhokamasini boshqa kunga qoldirishi mumkin.
Hal qiluv qarorining shakli va mazmuni.
Hal qiluv qarori sudya tomonidan yozma shaklida tuziladi va imzolanadi. Hal qiluv qarori bir nusxada tuzilib, ishga qo'shib qo'yiladi.
Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori: a) kirish; b) bayon;
d) asoslantiruvchi; e) xulosa qismlaridan iborat bo'ladi.
Hal qiluv qarorining kirish qismida uni qabul qilgan iqtisodiy sudning nomi, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana va joy, nizo predmeti, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ularning vakillari va sud prossesining boshqa ishtirokchilari ko'rsatiladi. Nizo yuridik shaxslar ishtirokida ko'rilganda, ularning nomlanishi qisqartirilmasdan, to'liq ko'rsatiladi.
Hal qiluv qarorining bayon qismida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning bildirilgan talablari va e'tirozlari, tushuntirishlari, arizalari va
iltimosnomalarining qisqacha bayoni ifodalanishi lozim.
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning iqtisodiy sud tomonidan aniqlangan haqiqiy holatlari; iqtisodiy sudning ish holatlari to‘g‘risidagi xulosalari asoslangan dalillar; iqtisodiy sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligining, ishda ishtirok etuvchi shaxslar vajlarini qabul qilganligining yoki rad etganligining asoslari; hal qiluv qarorini qabul qilishda sud amal qilgan qonun hujjatlari hamda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonun hujjatlarini qo‘llamaganligining asoslari ko‘rsatiladi, shuningdek unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi qarorlariga havolalar ko‘rsatilishi mumkin.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida bildirilgan talablardan har birini to‘liq yoki qisman qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi xulosalar bo‘lishi lozim. Masalan, hal qiluv qarorining xulosa qismi quyidagi qarorlarini o‘z ichiga olishi mumkin: 1) da’vo talablarini to‘liq yoki qisman qanoatlantirish; 2) da’vo talablarini to‘la yoki qisman rad etish; 3) da’voni bir qismini qanoatlantirish va bir qismini rad etish; 4) da’vo talablarini bir qismini qanoatlantirish va boshqa qismi bo‘yicha esa ish yuritishni tugatish yoki ishni ko‘rmasdan qoldirish mumkin.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida sud muhokamasi predmeti hisoblangan barcha talablar bo'yicha tugallangan va yakuniy javobni o‘z ichiga olgan bo'lishi zarur. Muqobil, shuningdek shart bilan qaror qabul qilishga, qarorni taraflar tomonidan kelgusida qandaydir harakatlarni bajarish, qandaydir holatning yuz berishi yoki yuz bermasligiga bog'liq holda qabul qilishga IPKda nazarda tutilgan holatlardan tashqari, yo‘l qo'yilmaydi.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida shuningdek quyidagilar ko'rsatilishi lozim: a) ishda bir necha da'vogar va javobgar ishtirok etayotgan bo'lsa, nizo ulardan har biriga nisbatan qanday hal qilingani, yani javobgarlar zimmasiga ulushli yoki solidar javobgarlik yuklatilganligi; b) dastlabki da'voni va qarshi da'voni to'liq yoki qisman qanoatlantirganda da'volarni o'zaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim bo'lgan summa; d) ishda ishtirok etuvchi shaxslar o'rtasida sud xarajatlarining qanday taqsimlanishi; g) hal qiluv qarorini ijro etish tartibi yoki uning ijrosini ta'minlash choralari; e) hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish (protest keltirish) muddati va tartibi.
Iqtisodiy sud pul mablag'larini undirish to'g'risidagi da'voni qanoatlantirganida hal qiluv qarorining xulosa qismida undiriladigan summaning umumiy miqdorini asosiy qarzni, zararlarni, neustoykani (jarima va penyani) hamda foizlarni alohida-alohida aniqlagan holda ko'rsatadi.
Iqtisodiy sud mol-mulkni undirib berganida da'vogarga topshirilishi lozim bo'lgan mol-mulkning nomi, uning qiymati va turgan joyini ko'rsatadi.
Ijro hujjatini yoki undirish so'zsiz (akseptsiz) tartibda, shu jumladan notariusning ijro yozuvi asosida amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etishga tegishli emas deb topish to'g'risidagi nizo bo'yicha talab qanoatlantirilganida hal qiluv qarorining xulosa qismida ijro etishga tegishli bo'lmagan hujjatning nomi, tartib raqami va sanasi hamda hisobdan o'chirilmaydigan summa ko'rsatiladi.
Shartnoma tuzish yoki uni o'zgartirish vaqtida kelib chiqqan nizo bo'yicha hal qiluv qarorining xulosa qismida shartnomaning har bir nizoli sharti bo'yicha qabul qilingan qaror ko'rsatiladi, shartnoma tuzishga majburlash to'g'risidagi nizo bo'yicha esa taraflar qanday shartlarda shartnoma tuzishiga majburligi ko'rsatiladi.
Javobgar zimmasiga mol-mulkni berish yoki pul summasini undirish bilan bog'liq bo'lmagan muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklaydigan hal qiluv qarori qabul qilinganida iqtisodiy sud uning xulosa qismida shu harakatlarni amalga oshirishi shart bo'lgan shaxsni, shuningdek ularning amalga oshirilish joyi va muddatini ko'rsatadi.
Iqtisodiy sud yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktni aniqlash to'g'risidagi arizani qanoatlantirganida hal qiluv qarorida aniqlangan fakt bayon qilinishi kerak. Iqtisodiy sudning yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktni aniqlash to'g'risidagi hal qiluv qarori tegishli organlar tomonidan shunday faktni qayd etish uchun yoki aniqlangan fakt munosabati bilan yuzaga keladigan huquqlarni rasmiylashtirish uchun asos bo'ladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling