Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Iqtisodiy sudning ajrimi va uning turlari


Download 464.55 Kb.
bet193/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

3. Iqtisodiy sudning ajrimi va uning turlari
Ajrim - sud hujjatlarining mustaqil va keng tarqalgan turidir. Unda ishni ko‘rish davomida sudlov ishini qo‘zg‘atishdan to sud hujjatlarini majburiy ijrosigacha yuzaga keladigan masalalarning sud tomonidan hal qilish natijalari o‘z aksini topadi.
Ajrimning hal qiluv qaroridan farqi shundaki, u qo‘yilgan talabning mohiyati bo‘yicha javob bermaydi, iqtisodiy sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish va uni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ajrimlari bundan mustasno.
Ayni paytda ajrim ham hal qiluv qarori kabi muayyan ish bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadini qo‘yadi va iqtisodiy sudning hujjati hisoblanadi: ular ham qonuniy kuchga kiradi va majburiylik, ijro etilish, inkor etilmaslik xususiyatlariga ega, mazmuni va shakli bo‘yicha qonun talabiga muvofiq bo‘lishi shart va hokazo.
Ajrimlarni chiqarishga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga, ishlarni ko‘radigan sud instansiyalari, alohida toifadagi ishlar turkumiga ko‘ra ular quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) tayyorlov ajrimlari; 2) muayyan protsessual harakatlarni amalga oshirish imkoniyatiga g‘ov (to‘siq) qo‘yadigan cheklovchi ajrimlar; 3) ishni ko‘rib chiqishni va sudlov jarayonini yakunlovchi xulosaviy ajrimlar; 4) sudning hal qiluv qarori bo‘yicha chiqariladigan ajrimlar; 5) iqtisodiy sud tomonidan ko‘riladigan, hakamlik sudning hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha chiqariladigan ajrimlar; 6) iqtisodiy sudlarning sud hujjatlarini qayta ko‘rish jarayonida chiqariladigan ajrimlar; 7) sud hujjatlarining ijrosi yoki qaytarma ijrosi masalalari bo‘yicha ajrimlar; 8) protsessual sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risidagi ajrimlar; 9) bankrotlik ishlari bo‘yicha qabul qilinadigan ajrimlar; 10) chet davlat sudi yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ajrimlar; 11) xususiy ajrimlar.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling