Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet180/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

birinchidan, iqtisodiy sudida ish yuritishn boshlashda xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa-yu, bu xato ish yuritish jarayonida aniqlansa;
Izoh: IPKning 110-moddasi 1-3-bandlarida nazarda tutilgan ish yuritishni tugatish asoslari, IPKning 154-moddasi 1-qismi 1-2, 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga o‘xshashdir. Farq shundaki, birinchi holatda da’vo arizasi ish yuritish uchun qabul qilinganidan so‘ng sudga ma’lum bo‘lsa, ikkinchi holatda esa da’vo arizasi qabul qilish jarayonida ma’lum bo‘ladi.
ikkinchidan, ishni yuritish qonunan to‘g‘ri olib borilayotgan bo‘lsa-yu, biroq uni davom etirishdan tegishli maqsad bo‘lmasa.
Izoh: IPKning 110-moddasi 4-8-bandlarida nazarda tutilgan ish yuritishni tugatish asoslari, iqtisodiy sudda ish yuritish qonunan asosli, biroq iqtisodiy sudida ish qo‘zg‘atilganidan so‘ng yangi vaziyat vujudga keladi yoki o‘zgaradi, natijada ish yuritishni davom ettirishning imkoniyati mavud bo‘lmaydi.
Quyida ish yuritishni tugatishning asoslarini alohida ko‘rib chiqamiz

  1. Nizo iqtisodiy sudida ko‘rish uchun tegishli bo‘lmasa, iqtisodiy sud ish yuritishni tugatadi. Bunda nafaqat nizoning iqtisodiy sudiga taalluqli bo‘lmasligi holati tushuniladi, balki iqtisodiy sudda ko‘rish mumkin bo‘lmagan boshqa holatlar ham nazarda tutiladi.

Da’vo yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan taqdim etilgan yoki ushbu shaxsga nisbatan da’vo talablari qaratilgan holatda ham ish yuritish tugatiladi, ya’ni iqtisodiy sudiga murojaat qilishning protsessual huquqi mavjud emasligi ish yuritishning tugatilishiga olib keladi.
Agar IPK yoki qonunda bunday imkoniyati berilmagan bo‘lsa iqtisodiy sudiga boshqa shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun murojaat qilish mumkin emas.
Masalan, agar mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish jarayonida mulk huquqini tan olish jismoniy shaxsning huquqi va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatiga ta’sir etishi mumkinligi aniqlansa, bu holat da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingandan so‘ng aniqlansa, ish yuritish IPKning 110-moddasi 1-bandiga muvofiq tugatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) to‘xtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish ushbu litsenziyalovchi organlar tomonidan sudga murojaat qilinmasdan amalga oshiriladi. Agar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) to‘xtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilingan holda IPKning 110-moddasi 1-bandiga asosan ish yuritishni tugatishi lozim.
Nizo iqtisodiy sudiga tegishli bo‘lmasligini yana bir holati nizoning iqtisodiy sudiga taalluqli emasligidir. Taalluqlilik masalasi IPKning 25-moddasi talablaridan kelib chiqib hal etiladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling