Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet259/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: Apellatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi bo‘yicha yoki o‘zining tashabbusi bilan, agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini to‘la yoki qisman bekor qilgan va yangi qaror qabul qilgan bo‘lsa, qo‘shimcha qaror qabul qilishga hakli (IPKning 278-moddasi 2-bandi). Qo‘shimcha qaror apellatsiya instansiyasi sudida IPKning 189-moddasi birinchi qismining 2, 3-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha va IPK 189-moddasiuchinchi qismida belgilangan tartibda qabul qilinishi mumkin. Qo‘shimcha qaror qabul qilish rad etilgan holda ajrim chiqariladi va u IPKning 189-moddasi beshinchi qismiga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat (protest) qilinishi mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudining majlisida, shuningdek sud majlisidan tashqarida alohida protsessual harakatlar amalga oshirilganda bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning mazmuniga uni olib borish va imzolash, shuningdek uni taqdim etish va bayonnomaga bildirilgan e’tirozlarni ko‘rib chiqishga IPKning 201-moddasida belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
Ishda apellatsiya instansiyasi sudi majlisi bayonnomasining bo‘lmasligi yoki uning imzolanmaganligi apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
IPKning 342-moddasiga muvofiq apellatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilishda o‘zi chiqargan yangi qarorning ijrosini kechiktirish va qarorni bo‘lib- bo‘lib ijro etish masalasini hal etishga haqli. Boshqa hollarda qarorning ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish masalalari birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

  1. Apellatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi va muddatini tushuntiring.

  2. Apellatsiya shikoyati (protesti)ga qo‘yiladigan talablarni muhokama qiling.

  3. Apellatsiya instansiyasi tomonidan chiqariladigan qarorlarni tushuntiring.

  4. Apellatsiya instansiyasi tomonidan ishni ko‘rish doirasini aniqlang.


Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling