Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ishni apellatsiya instansiyasida ko‘rish chegarasi deganda


Download 464.55 Kb.
bet256/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ishni apellatsiya instansiyasida ko‘rish chegarasi deganda birinchi instansiya hal qiluv qarorini tekshirish hajmi tushuniladi.
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatida (protestida) bayon etilgan vajlar bilan cheklanib qolmaydi hamda hal qiluv qarorining qonuniyligi va asoslantirilganligini to‘la hajmda, shu jumladan protsessning barcha
ishtirokchilariga, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilgan shaxslarga nisbatan ham, shikoyat qilmagan shaxslarga nisbatan ham tekshiradi. Apellatsiya instansiyasi sudlari ishni ko‘rishda birinchi instansiya sudi tomonidan ish holatlari to‘g‘ri aniqlanganligi hamda moddiy va protsessual huquq normalarining to‘g‘ri qo‘llanilganligini tekshiradi. Sud shikoyatning (protestning) vajlari bilan cheklanib qolmasligi sababli uni ko‘rish natijalari bo‘yicha arz qiluvchi so‘raganidan o‘zgacha qaror qabul qilishga haqli. Shuning uchun hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjud bo‘lganda, apellatsiya shikoyatida (protestida) sud tomonidan moddiy va protsessual huquq normalarining buzilganligi haqidagi ko‘rsatma bo‘lish- bo‘lmasligidan qat’i nazar, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi.
Ishlarni apellatsiya tartibida ko‘rishda sudlar qonun bo‘yicha: birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni to‘liq tekshirganligini; sud aniqlangan deb topgan holatlarning isbotlanganligini; sudning hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalari ish holatlariga muvofiqligini; moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilmaganligini; mazkur normalar to‘g‘ri qo‘llanilganligini aniqlaydi.
Apellatsiya instansiyasi sud hal qiluv qarorining qonuniyligi va asoslantirilganligini ishdagi mavjud hamda ishni ko‘rishdan oldin yoki ko‘rish vaqtida ishda ishtirok etuvchi taraflar va boshqa shaxslar tomonidan taqdim qilingan, shuningdek apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi va boshqa shaxslarning iltimosnomalariga ko‘ra talab qilib olingan qo‘shimcha hujjatlar bo‘yicha tekshiradi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling