Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Apellatsiya shikoyati (protesti)ga qo‘yiladigan talablar


Download 464.55 Kb.
bet252/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Apellatsiya shikoyati (protesti)ga qo‘yiladigan talablar

Apellatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

  1. shikoyat (protest) yo‘llangan iqtisodiy sudning nomi;

  2. shikoyat berayotgan (protest keltirayotgan) shaxsning nomi;

  3. ustidan shikoyat berilayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan iqtisodiy sudning nomi, ishning tartib raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, nizoning predmeti;

  4. shikoyat berayotgan (protest keltirayotgan) shaxsning talablari va hal qiluv qarorini noto‘g‘ri deb hisoblashining asoslari, bunga dalil bo‘lgan qonun hujjatlari hamda ish materiallari;

  5. shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.

Apellatsiya shikoyati shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan, apellatsiya protesti esa prokuror tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga uning sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma u avval shu ish bo‘yicha berilmagan bo‘lsa, ilova qilinadi.
Shikoyatga (protestga) shikoyat (protest) nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.Bundan tashqari, shikoyatga davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi dalillar ham ilova qilinadi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyatning va unga ilova qilingan, bu shaxslarda bo‘lmagan hujjatlarning nusxalarini yuboradi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellatsiya shikoyatining (protestining) nusxasini olgach, u yuzasidan o‘z fikr-mulohazasini va fikr-mulohazaning nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganini tasdiqlovchi dalillarni apellatsiya shikoyati ko‘riladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda iqtisodiy sudga yuborishga haqlidir.
Fikr-mulohaza ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.Vakil tomonidan imzolangan fikr-mulohazaga uning ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Fikr-mulohazaga avval taqdim etilmagan hujjatlar ilova qilinishi mumkin. Bu holda fikr-mulohazada ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ularda bo‘lmagan hujjatlarning nusxalari yuborilganini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling