Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


XIX BOB. IQTISODIY SUDLARDAAPELLATSIYA TARTIBIDA ISH YURITISH


Download 464.55 Kb.
bet249/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

XIX BOB. IQTISODIY SUDLARDAAPELLATSIYA TARTIBIDA
ISH YURITISH


  1. Iqtisodiy protsessda apellatsiya tartibida ish yuritish tushunchasi va ahamiyati

Apellatsiyaning huquqiy tushunchasi bu - sud ishlarini yuritishda fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudlarida chiqarilgan va qonuniy kuchga kirmagan qarorlar, hal qiluv qarorlari, ajrimlar hamda hukmlarni yuqori instansiya sudi tomonidan qayta ko‘rish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi instansiya.
Apellatsiya faktik holatlarni o‘rnatish va qonunning to‘g‘ri qo‘llanilganligi bilan bog‘liq sud hujjatlarini tekshirishning usullaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy sud ishni apellatsiya instansiyasida ko‘rganida ishda mavjud va qo‘shimcha taqdim etilgan dalillar bo‘yicha ishni qayta ko‘radi.
Apellatsiya shikoyatining obyekti faqat birinchi instansiya iqtisodiy sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori hisoblanadi.
Iqtisodiy protsessual qonunchilik iqtisodiy sudning to‘liq hal qiluv qarorigagina emas, balki qarorning bir qismiga ham apellatsiya shikoyati keltirilishi mumkinligini belgilaydi (masalan, qarorning xulosa qismida sud xarajatlarining taraflar o‘rtasida taqsimlanishi haqidagi qismiga).
Apellatsiya instansiyasida ish yuritish deb birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilinib, qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarorining taraflardan birining yoki ishdan manfaatdor bo‘lgan boshqa shaxslarning shikoyatlari asosida qayta ko'rilishi tushuniladi.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlarini apellatsiya instansiyasi sudida qayta ko‘rish taraflar hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim kafolati bo‘lib, iqtisodiy sudlarning xatolari va qonun buzilishlarini tezkorlik bilan bartaraf etishga imkon beradi.
Iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishda apellatsiya instituti iqtisodiy sudlar qarorlari ustidan shikoyat qilishning aniq va harakatchan tizimini shakllantirish, sud himoyasi samaradorligini oshirish hamda mukammallashtirish uchun muhim ahamiyatga ega.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling