Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq
Apellatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi va muddati
Download 464.55 Kb.
|
ИПҲ-дарслик-2018
Apellatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi va muddati
Apellatsiya shikoyati berish huquqi buzilgan huquqlarning va qonuniy manfaatlarni himoya qilishning kafolati bo‘lib hisoblanadi. Apellatsiya tartibida shikoyat qilish huquqi qonunda ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganda vujudga keladi. Bunday holatlar quyidagilardir: birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatining mavjudligi subyektning ishda ishtirok etuvchi shikoyat qilish huquqiga ega shaxslar tarkibiga kirishi Apellatsiya shikoyati (protesti) nafaqat birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan butun hal qiluv qaroriga, balki uning bir qismiga ham berilishi mumkin. Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismi ham, xulosa qismi ham shikoyat qilishning (protest keltirishning) mustaqil predmeti bo‘lishi mumkin. Shikoyatning mustaqil predmeti sifatida hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismi ham yuzaga chiqishi mumkin. Bunda ishda bayon qilingan xulosalar va boshqa faktlar ishning mohiyatiga ko‘ra ishning hal qilinishida ta’sir o‘tkazgan yoki o‘tkazmaganligi muhim emas. Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismi ustidan mustaqil shikoyat qilish huquqi bilan tushuntiriladi. Qarorning xulosa qismi bilan birga faktlar va tomonlarning huquqiy munosabatlari to‘g‘risida hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida keltirilgan xulosalar ham kuchga kiradi, ular ishda ishtirok etuvchi shaxsning ishchanlik obro‘siga noqulay ta’sir ko‘rsatishi yoki boshqa hal qiluv qarori chiqarilishida muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar IPKning 189-moddasiga muvofiq qabul qilingan qo‘shimcha hal qiluv qaroriga ham apellatsiya shikoyati (protesti) berishga haqlidirlar. Iqtisodiy protsessual kodeksning 259-moddasiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protest) berishga haqlidir. Bunday holda ko‘rsatilgan shaxslar (shu jumladan jismoniy) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning IPKning 42-moddasida nazarda tutilgan huquqlaridan foydalanadilar, xususan apellatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rishda ishtirok etish, iltimosnomalar kiritish, ish materiallari bilan tanishish, dalillarni taqdim etishga haqlidirlar. Ushbu shaxslar protsessual huquq layoqatiga ega bo‘lsalargina apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Ishda ishtirok etuvchi shaxs hisoblanmagan, ammo sudlov jarayonida qatnashgan boshqa shaxslar (guvohlar, ekspertlar, tarjimonlar va boshqalar) apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega emaslar. Download 464.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling