Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Apellatsiya shikoyati (protesti)ni qaytarish va ish yurituvga qabul qilish asoslari


Download 464.55 Kb.
bet253/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Apellatsiya shikoyati (protesti)ni qaytarish va ish yurituvga qabul
qilish asoslari


Sudya apellatsiya shikoyatini (protestini) quyidagi hollarda qaytaradi:

  1. apellatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan yoxud uni imzolashga huquqi bo‘lmagan shaxs yoki mansab mavqeyi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;

  2. apellatsiya shikoyatiga (protestiga) uning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga jo‘natilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan bo‘lsa;

  3. davlat boji belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar apellatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lash muddatini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda bu haqida iltimosnoma berilmagan yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;

  4. apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini qabul qilgan iqtisodiy sudni chetlab o‘tgan holda yuborilgan bo‘lsa;

  5. apellatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va unda o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma bo‘lmasa;

  6. ishda ishtirok etuvchi shaxslarga apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingani to‘g‘risidagi ajrim yuborilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarish to‘g‘risida ariza tushgan bo‘lsa.

Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) mumkin.
Shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxs apellatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan yoxud uni imzolashga huquqi bo‘lmagan shaxs yoki mansab mavqeyi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi, apellatsiya shikoyatiga (protestiga) uning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga jo‘natilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmaganligi, davlat boji belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar apellatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan holatlar uchun qaytarilgan bo‘lsa, ushbu holatlar bartaraf etilganidan keyin iqtisodiy sudga apellatsiya shikoyati (protesti) bilan umumiy tartibda yana murojaat qilishga haqli.
IPKning 269-moddasi birinchi qismiga muvofiq apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarishni ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha sudya shikoyat olingan kundan boshlab 5 kundan kechiktirmay yakka tartibda amalga oshiradi.
IPKning 269-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslarining ro‘yxati qat’iy bo‘lib, kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
IPKning 269-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Sudya apellatsiya shikoyatini
(protestini) kuzatuv xati bilan yoki qonunda nazarda tutilmagan boshqa usulda qaytarishga haqli emas.
IPKning 269-moddasi birinchi qismiga muvofiq apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish uchun asos bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng, u yana umumiy tartibda hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin bir oylik muddat ichida, iqtisodiy sudning huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilingan kundan keyin o‘n kunlik muddat ichida berilishi mumkin.
IPKning 197-moddasiga muvofiq apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish haqidagi ajrim u chiqarilgandan keyin besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuborilishi yoki o‘sha muddatda tilxat olib topshirilishi lozim, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin. IPKning 269-moddasi birinchi qismining 2, 3-bandlarida nazarda tutilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari sud tomonidan apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan so‘ng aniqlangan hollarda ish apellatsiya instansiyasida mazmunan ko‘rib chiqilishi lozim. Bunda apellatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) bergan shaxsdan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyat (protest)ning nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi. Apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxs tomonidan shikoyat (protest)ning nusxasi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish imkoni bo‘lmaganda sud shikoyat (protest)ning nusxasini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud majlisi zalida topshirish choralarini ko‘radi. Davlat boji summasi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilishda tegishli tarafdan undirilishi lozim.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Sudya apellatsiya shikoyatini (protestini) kuzatuv xati bilan yoki qonunda nazarda tutilmagan boshqa usulda qaytarishga haqli emas.
Apellatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan yoxud uni imzolashga huquqi bo‘lmagan shaxs yoki mansab mavqeyi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi, apellatsiya shikoyatiga (protestiga) uning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga jo‘natilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmaganligi, davlat boji belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmaganligi sababli qaytarilgan taqdirda apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish uchun asos bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng u yana umumiy tartibda hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin bir oylik muddat ichida berilishi mumkin. Agar apellatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va unda o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma bo‘lmaganligi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingani to‘g‘risidagi ajrim yuborilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarish to‘g‘risida ariza tushganligi asosi bilan qaytarilgan bo‘lsa, u qaytadan berilishi mumkin emas, berilgan taqdirda esa IPKning 154-moddasi 1-bandiga mos holda uning qabul qilinishi rad etilishi lozim.
Apellatsiya shikoyatiga (protestiga) uning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga jo‘natilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan va davlat boji belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar apellatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo‘lsa-da, apellatsiya shikoyati ish yurituvga qabul qilinganidanso‘ng aniqlangan hollarda ish apellatsiya instansiyasida mazmunan ko‘rib chiqilishi lozim. Bunda apellatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) bergan shaxsdan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyat (protest)ning nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi. Apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxs tomonidan shikoyat (protest)ning nusxasi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish imkoni bo‘lmaganda sud shikoyat (protest)ning nusxasini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud majlisi zalida topshirish choralarini ko‘radi. Davlat boji summasi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilishda tegishli tarafdan undirilishi lozim.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish masalasi iqtisodiy sud sudyasi tomonidan yakka tartibda, u iqtisodiy sudga kelib tushgan kundan boshlab o‘n kunlik muddatda hal etiladi. Apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilish to‘g‘risida apellatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi hamda u bilan apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish qo‘zg‘atiladi. Ajrimda apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish vaqti va joyi ko‘rsatiladi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, apellatsiya protestini bergan prokurorga, shikoyat bergan shaxsga yuboriladi. Apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan keyingi barcha sud hujjatlari hay’atda qabul qilinadi.
IPKning 275-moddasiga ko‘ra apellatsiya shikoyatini bergan shaxs qaror chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli. Protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanguncha protestni chaqirib olishga haqli. Sud IPKning 157-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha shikoyatdan voz kechishni rad etib, ishni apellatsiya tartibida ko‘rib chiqishga haqli.
Apellatsiya shikoyatidan voz kechishni qabul qilish, shuningdek protestni chaqirib olish, agar hal qiluv qarori boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilinmagan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatishga olib keladi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishning tugatilishiga u ish yuritishga qabul qilingandan keyin va uni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilayotgan holatlar vujudga kelganda yo‘l qo‘yiladi.
Agar hal qiluv qarori qabul qilingandan so‘ng tashkilot - ishda ishtirok etuvchi shaxs tugatilgan bo'lsa, ishda ishtirok etuvchi shaxs - fuqaro vafot etgan bo‘lib, nizoli huquqiy munosabat bo‘yicha huquqiy vorislikka yo‘l qo‘yilmasa ham, apellatsiya shikoyati (protest) bo‘yicha ish yuritish tugatiladi.
Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim IPKning 111-moddasi to‘rtinchi qismiga mos holda kassatsiya tartibida shikoyat (protest) qilinishi mumkin.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling