Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Kassatsiya shikoyati (protesti)ni ish yurituvga qabul qilish asoslari va tartibi


Download 464.55 Kb.
bet264/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Kassatsiya shikoyati (protesti)ni ish yurituvga qabul qilish asoslari va tartibi

IPKning 289-moddasiga asosan kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad qilish yoki qaytarish mumkin. Mazkur masala qaror chiqargan birinchi instansiya sudi tomonidan emas, balki murojaat qilingan kassatsiya intansiyasi sudi tomonidan amalga oshiriladi. Shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi va shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad qilish yoki qaytarish to‘g’risidagi ajrimlardan biri qabul qilinadi.
Kassatsiya shikoyati (protesti)ni qaytarish. Kassatsiya shikoyati (protesti) quyidagi hollarda qaytariladi:

  1. kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan bo‘lsa yoxud uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;

  2. shikoyat (protest) hal qiluv qarorini qabul qilgan sudni chetlab o‘tgan holda yuborilgan bo‘lsa;

  3. kassatsiya shikoyatiga (protestiga) uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan bo‘lsa;

  4. davlat boji belgilangan tartibda va miqorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lash muddatini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;

  5. kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;

  6. kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganligi to‘g‘risida sud ajrimi chiqarilguniga qadar shikoyatini (protestini) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) to‘g‘risida ariza tushgan bo‘lsa.

Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiya sudining sudyasi tomonidan qaytariladi.Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.Mazkur ajrimda to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g’risidagi masala ham hal etiladi.
Kassatsiya shikoyati (protesti)ni qaytarish to‘g’risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi shikoyat (protest)ni bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi. Mazkur ajrim ustidan nazorat tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Kassatsiya shikoyat (protest)ini qaytarish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan so‘ng shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxs, IPK 292- moddasining oltinchi qismiga muvofiq, iqtisodiy sudga kassatsiya shikoyati (protesti) bilan umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Izoh: kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim shikoyat (protest) xo‘jalik sudiga kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan shikoyat bergan shaxsga (protest keltirgan prokurorga) hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzili mavjud bo‘lgan taqdirda esa ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaytarilganda kassatsiya shikoyati (protest)ga ilova qilingan hujjatlar ham shu sud tomonidan qaytariladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling