Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Kassatsiya shikoyati (protesti)ga qo‘yiladigan talablar


Download 464.55 Kb.
bet263/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Kassatsiya shikoyati (protesti)ga qo‘yiladigan talablar

Kassatsiya shikoyat (protest)idaquyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

  1. shikoyat (protest) yo‘llanayotgan xo‘jalik sudining nomi;

  2. shikoyat (protest) berayotgan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi;

  3. ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorining yoki qarorni qabul qilgan sudning nomi;

  4. ishning tartib raqami va hal qiluv qarori, qaror qabul qilingan sana, nizo predmeti;

  5. shikoyat (protest) bergan shaxsning talablari va shaxs qonunlarga yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilingan holda sud hujjatini noto‘g’ri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar;

  6. shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.

Kassatsiya shikoyati uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga uning sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma, agar u avval ushbu ish bo‘yicha taqdim etilmagan bo‘lsa, ilova qilinadi.
Agar kassatsiya shikoyatini qabul qilish paytida sudyada ta’sis hujjatlariga muvofiq shikoyatni imzolagan shaxsning uni imzolashga haqli ekanligiga shubha tug‘ilsa, sudya kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qiladi va arizachiga uning shikoyatni imzolashga vakolatini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishni taklif qiladi.
Kassatsiya shikoyatini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganda kassatsiya instansiyasi sudi IPKning 295-moddasi birinchi qismiga asosan kassatsiya shikoyatini ko‘rmasdan qoldiradi.
Shikoyatga davlat boji to‘langanligini va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyatning nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyat (protest) nusxasini va unga ilova qilingan ularda bo‘lmagan hujjatlarning nusxalarini yuboradi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) nusxasini olganidan keyin yuzasidan o‘z fikr-mulohazasini hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga fikr-mulohaza nusxalari jo‘natilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya shikoyati (protesti) ko‘rib chiqiladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda iqtisodiy sudga yuborishga haqlidir.
Fikr-mulohaza ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.Vakil tomonidan imzolangan fikr-mulohazaga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Izoh: kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni IPKning 286-moddasi talablariga mos bo‘lishi kerak.
Kassatsiya shikoyati uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga uning hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilish vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Agar kassatsiya shikoyatini qabul qilish paytida sudyada ta’sis hujjatlariga muvofiq shikoyatni imzolagan shaxsning uni imzolashga haqli ekanligiga shubha tug‘ilsa, sudya kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qiladi va arizachiga uning shikoyatni imzolashga vakolatini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishni taklif qiladi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling