Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet271/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi bo‘yicha yoki o‘zining tashabbusi bilan agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini to‘la yoki qisman bekor qilgan va yangi qaror qabul qilgan bo‘lsa, qo‘shimcha qaror qabul qilishga haqli (IPKning 301-moddasi 2-bandi). Qo‘shimcha qaror kassatsiya instansiyasi sudida IPK 189-moddasi birinchi qismining 2, 3-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha va IPKning 189-moddasi uchinchi qismida belgilangan tartibda, ya’ni qo‘shimcha qaror kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisida hal qilinadi. Qo‘shimcha qaror qabul qilish rad etilgan holda ajrim chiqariladi va ushbu ajrimdan norozi bo‘lgan ishda ishtirok etuvchi shaxalar kassatsiya tartibida shikoyat (protest) qilishlari mumkin.
Kassatsiya instansiyasi sudining majlisida, shuningdek sud majlisidan tashqarida alohida protsessual harakatlar amalga oshirilganda bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning mazmuniga uni olib borish va imzolash, shuningdek uni taqdim etish va bayonnomaga bildirilgan e’tirozlarni ko‘rib chiqishga IPKning 201-moddasida belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
Ishda kassatsiya instansiyasi sudi majlisi bayonnomasining bo‘lmasligi yoki uning imzolanmaganligi kassatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
IPKning 342-moddasiga muvofiq kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilishda o‘zi chiqargan yangi qarorning ijrosini kechiktirish va qarorni bo‘lib- bo‘lib ijro etish masalasini hal etishga haqli. Boshqa hollarda qarorning ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish masalalari birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 303-moddasida kassatsiya instansiyasi sudining qarori haqidagi qoidalar belgilangan bo‘lib, unga muvofiq kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi, qaror ishni ko‘rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi:

  1. kassatsiya instansiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisining kotibi;

  2. ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;

  3. kassatsiya shikoyat (protest)ini bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati;

  4. ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi);

  5. nizo predmeti;

  6. hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudbyalarning familiyasi, ism-sharifrnmg bosh harflari;

  7. ish bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;

  8. kassatsiya shikoyat (protest)ida keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligini va asoslantirilganligini tekshirish to‘g‘risida talab bildirilishiga doir asoslar;

  9. kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;

  10. ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir bo‘lgan shaxslarning tushuntirishlari;

  11. kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar to‘g‘risidagi xulosalari uchun asos bo‘lgan dalillar; sud qaror qabul qilishda amal qilingan qonunlar va boshqa normativ- huquqiy hujjatlar; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlar va boshqa normativ- huquqiy hujjatlarni qo‘llamaganligiga doir sabablar;

  12. agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori to‘liq yoki qisman bekor qilingan bo‘lsa, uning xulosalariga kassatsiya instansiyasi sudi qo‘shilmaganligining sabablari;

  13. kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari to‘g‘risidagi xulosalar;

  14. agar ish yangidan ko‘rish uchun yuborilayotgan bo‘lsa, sud tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan harakatlar.

Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
Sudning hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan ko‘rish uchun yuborilgan taqdirda sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masala ishni yangidan ko‘rayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi qarorining ko‘chirma nusxasi sud topshirganligini ma’lum qiladigan buyurtma xat orqali ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u qabul qilingan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning electron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa qaror elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. Qonunda belgilangan hollarda qarorning ko‘chirma nusxalarini boshqa shaxslarga ham yuboradi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling