Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Kassatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish bosqichida


Download 464.55 Kb.
bet268/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Kassatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish bosqichida sud majlisiga raislik qiluvchi yoki a’zolardan biri ma’ruza qilib, birinchi instansiya sudida taraflar so‘ragan talablar va dalillar mazmunini, kassatsiya shikoyati, unga ilova qilingan hujjatlarning mazmunini tushuntirib beradi. Shundan keyin kassatsiya shikoyati keltirgan taraf, undan keyin esa ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, qo‘shimcha keltirilgan ish materiallarini ko‘rib chiqadi. Shundan so‘ng sud maslahatxonaga qaror qabul qilish uchun kiradi.
Kassatsiya qarorini chiqarish va e’lon qilish bosqichiga qo‘yiladigan talablar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini qabul qilish tartibi bilan deyarli bir xil. Faqat bunda qarorni kollegial, ko‘pchilik ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinishiga asoslanadi.
Iqtisodiy sud kassatsiya instansiyasida ishda mavjud va qo‘shimcha taqdim etilgan dalillar bo‘yicha ishni to‘liq qayta ko‘radi. Qo‘shimcha dalillarni qabul qilish haqidagi masala hal etilayotganda birinchi instansiya sudida mazkur dalillarni taqdim qilmaganlik sabablari, ularni kassatsiya instansiyasi sudiga taqdim qilishning zarurligi, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarga dalillarning daxldorligi haqidagi arz qiluvchining tushuntirishlari e’tiborga olinadi. Agar manfaatdor shaxs birinchi instansiya sudida o‘zini insofsizlarcha tutganligi va sud jarayonini cho‘zish maqsadida mazkur dalillarni taqdim qilmaganligi aniqlansa, qo‘shimcha dalillar kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmasligi mumkin.
Kassatsiya shikoyat (protest)iga bildirilgan yozma fikrni asoslash uchun taqdim etilgan qo‘shimcha dalillar kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan IPKning 299-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudida ishni ko‘rishda taqdim etilmagan yangi talablarni qabul qilishga yoki ko‘rib chiqishga haqli emas. Bunda yangi talablar deganda birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilmagan moddiy-huquqiy talablar hamda birinchi instansiya sudida ishni ko‘rishda ishtirok etmagan shaxsga nisbatan taqdim etilgan talablar tushunilishi lozim.
Agar kassatsiya shikoyat (protest)ida birinchi instansiya sudida ko‘rish predmeti bo‘lmagan yangi talablar bo‘yicha taqdim etilgan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi sudi qarorning asoslantiruvchi qismida ushbu talablar birinchi instansiya sudida ko‘rish predmeti bo‘lmaganligi sababli ko‘rib chiqilmasligini ko‘rsatishi lozim.
Kassatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to‘g‘risidagi, da’voning predmetini yoki asosini, da’vo talablarining miqdorini o‘zgartirish haqidagi; qarshi da’vo taqdim etish to‘g‘risidagi; ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish haqidagi qoidalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksida faqat birinchi instansiya sudida ishni ko‘rish uchun belgilangan boshqa qoidalar qo‘llanilmaydi.
Kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyat (protest) ini bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi, bundan jamiyat yoki davlat manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha prokurorning kelmaganligi mustasno.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling