Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rish chegarasi deganda


Download 464.55 Kb.
bet269/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rish chegarasi deganda birinchi instansiya hal qiluv qarorini tekshirish hajmi tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksida kassatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish chegaralari belgilab qo‘yilgan. Unga muvofiq, sud ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rish chog‘ida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Kassatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini to‘liq hajmda tekshirishi shart.
Birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilmagan yangi talablar kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 300-moddasida kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rishning alohida muddatlari belgilangan bo‘lib, sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati
(protesti) u ish yuritishga qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. Alohida hollarda sudning hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati sud raisi tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.

  1. Kassatsiya instansiyasining vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 301-moddasida kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra,kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyat (protest)ini ko‘rish natijalari bo‘yicha:

  1. hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga;

  2. hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;

  3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 302-moddasi to‘rtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, ya’ni ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni hal qiluv qarori bekor qilingan sud instansiyasiga yangidan ko‘rish uchun yuborishga;

  4. hal qiluv qarorini o‘zgartirishga;

  5. hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud da’voni to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 302-moddasida kassatsiya instansiyasi suditomonidan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish asoslari keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

  1. ish uchun ahamiyatli holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi;

  2. sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi;

  3. hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;

  4. moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud noto‘g‘ri qo‘llanilganligi.

Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi quyidagilardan iborat:

  1. qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonun hujjatining qo‘llanilmaganligi;

  2. qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan qonun hujjatining qo‘llanilganligi;

  3. qonun hujjatining noto‘g‘ri talqin qilinganligi.

Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi, agar bu noto‘g‘ri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan bo‘lsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, sudning hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

  1. sud tomonidan ishning qonunga xilof tarkibda ko‘rilganligi;

  2. ishning sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir ishda ishtirok etuvchi shaxs yo‘qligida ko‘rilganligi;

  3. sud ishi yuritilayotgan til to‘g‘risidagi qoidalar ishni ko‘rish chog‘ida buzilganligi;

  4. ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi;

  5. hal qiluv qarorining sudya yoki, agar ish sudyalar hay’ati tarkibida ko‘rilgan bo‘lsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida ko‘rsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi;

  6. ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki sud ishiga raislik qilgan yoxud sud majlisi kotibi tomonidan emas, balki boshqa shaxslar tomonidan imzolanganligi yoxud, agar sud majlisining audio yoki videoyozuvi amalga oshirilgan bo‘lsa, audio va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmaganligi;

  7. bildirilgan talab bo‘yicha sud hal qiluv qarori qabul qilmaganligi;

  8. sudyalar maslahatining sir saqlanishi to‘g‘risidagi qoidaning buzilganligi.

Kassatsiya instansiyasi sudi sudning hal qiluv qarorini, agar taraflar o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, bekor qiladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling