Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Kassatsiya shikoyat (protest)ini ish yuritishga qabul qilish


Download 464.55 Kb.
bet267/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Kassatsiya shikoyat (protest)ini ish yuritishga qabul qilish. Yuqorida keltirib o‘tilgan, ya’ni kassatiya shikoyat (protest)ini ish yuritishga qabul qilishni rad qilish yoki qaytarishga asos bo‘ladigan holatlar mavjud bo‘lmasa, shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinadi. Bu tog’risida ajrimni kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi chiqaradi. Ajrimda kassatsiya shikoyat (protest)iniko‘rish vaqti va joyi ko‘rsatiladi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risidagi masala sudbya tomonidan yakka tartibda shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.

  1. Kassatsiya instansiyasida ishni ko‘rish

Kassatsiya instansiyasida ish yuritish xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning tarkibiy qismidir. Shuning uchun kassatsiya instansiyasi sudi ishni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 35-bobida belgilangan, ya’ni kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish xususiyatlarini hisobga olgan holda, birinchi instansiya sudida ko‘rish qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqadi. Kassatsiya instansiyasida ish yuritishning ayrim o‘ziga xos xususiyatlari bular ishni ko‘ruvchi sudlar, ishni ko‘rish muddatlari va boshqalardir.
Kassatsiya instansiyasining sud majlisi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uch bosqichdan iborat:
tayyorlov bosqichi;
kassatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish bosqichi;
kassatsiya qarorini chiqarish va e’lon qilish bosqichi.
Tayyorlov bosqichida sud quyidagilarni bajarishi kerak: sud majlisiga raislik qiluvchi kassatsiya instansiyasi sudining majlisini ochadi qanday ish ko‘rilayotganini e’lon qiladi; ishda ishtirok etuvchi shaxslar, kassatsiya instansiyasi ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari majlisga kelganligini, ularning vakolatlarini, majlisga kelmagan shaxslar tegishli ravishda xabardor qilinganliklarini hamda ular kelmaganligining sabablari to‘g‘risida qanday ma’lumotlar borligini tekshiradi; sud tarkibini e’lon qiladi, prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi, tarjimon sifatida kimlar ishda ishtirok etayotganligini ma’lum qiladi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilish huquqini tushuntiradi; ishda ishtiok etuvchi taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntirish hamda ular bayon qilgan iltimosnomalarni hal etish, shuningdek IPKning 165-moddasida ko‘zda tutilgan protsessual harakatlarni amalga oshirish.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling