Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ishni nazorat tartibida ko‘rishtartibi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ishlarni nazorat tartibida ko‘rish bo‘yicha vakolatlari


Download 464.55 Kb.
bet275/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ishni nazorat tartibida ko‘rishtartibi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ishlarni nazorat tartibida ko‘rish bo‘yicha vakolatlari

Nazorat shikoyati (protesti) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay'atida ko'rish vaqti va joyi to'g'risida IPKning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida ish nazorat tartibida ko‘rib chiqilayotganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirtirilishi mumkin. Bu holda ularga ushbu kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda nazorat instansiyasi sudi majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi. Biroq ularning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ish nazorat shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan yoki protest O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining kotibiyatiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oylik muddatdan kechiktirmay ko‘riladi.
Ish nazorat tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida nazorat shikoyatini bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar va (yoki) ularning vakillari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan sud majlisida ko‘riladi.
Ish nazorat tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ma’ruzasi bo‘yicha ko‘riladi, sudya ish holatlari, ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlarining mazmuni, nazorat shikoyatida (protestida) keltirilgan vajlarni bayon etadi.
Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish bo‘yicha tushuntirishlar berishga haqli. Nazorat shikoyatini bergan shaxs birinchi bo‘lib tushuntirish beradi, agar ish prokurorning protesti bo‘yicha ko‘rilayotgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib prokuror so‘zga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan ishni nazorat tartibida ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari ishtirok etib, ish bo‘yicha o‘z fikrini bayon etadi.
Ish nazorat tartibida ko‘rilayotganda barcha masalalar ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etayotgan sudyalarning ko‘pchilik ovozi bilan hal etiladi.Agar qaror qabul qilishda hozir bo‘lgan a’zolaridan ko‘pchiligi yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Hay’at va Rayosat a’zolari ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas.
Ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilinadi.Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Nazorat shikoyatini bergan shaxs sud majlisi boshlanguniga qadar uni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki undan voz kechishga haqli.
Protest keltirgan mansabdor shaxs sud majlisi boshlanguniga qadar protestni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki protestni chaqirib olishga haqli.
Nazorat instansiyasi sudi nazorat shikoyatidan voz kechish qabul qilinganligi to‘g‘risida va protest chaqirib olinganda, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilinmagan bo‘lsa, ajrim chiqarib, nazorat ishini yuritishni tugatadi.
Sud ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqqanda quyidagilarga haqli:

  1. hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgarishsiz, nazorat shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

  2. ushbu kodeks 302-moddasi to'rtinchi qismining 4 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda hal qiluv qarorini, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga;

  3. hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga hamda ishni yangidan ko‘rish uchun yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;

  4. hal qiluv qarorini, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud da’voni to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;

  5. ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan hal qiluv qarorlaridan yoki qarorlardan birini o‘z kuchida qoldirishga. (IPKning 321-moddasi).

Sud hujjatiningnoqonuniyligi yoki asossizligi hal qiluv qarorini, qarorni nazorat tartibida o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi. Lekin sudning mazmunan to‘g‘ri bo‘lgan hal qiluv qarori, qarori yuzaki asoslar bo‘yichagina bekor qilinishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati qarori va bayonnoma raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi. Rayosat qarori Rayosatmajlisida raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilish to‘g‘risidagi ishni nazorat tartibida ko‘rgan sudning qarorida bayon etilgan ko‘rsatmalar mazkur ishni yangidan ko‘rayotgan sud uchun majburiydir.
Ishni nazorat tartibida ko‘rayotgan sud hal qiluv qarorida, qarorda aniqlanmagan yoxud rad etilgan holatlarni aniqlashga yoki isbotlangan deb hisoblashga, u yoki bu dalilning ishonchli yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ishni yangidan ko‘rishda qanday qaror qabul qilinishi kerakligi to‘g‘risidagi masalalarni oldindan hal etishga haqli emas.
Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Iqtisodiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan ajrimlari ustidan nazorat tartibida protest keltirilishi va ular ustidan shikoyat qilish nazarda tutilgan, shuningdek ular ishning kelgusidagi harakatiga to‘sqinlik qilgan hollarda, hal qiluv qaroridan alohida tartibda qayta ko‘rilishi mumkin.
Iqtisodiy sudning ajrimlari ustidan keltirilgan protestlar sudning hal qiluv qarorlari va qarorlari ustidan keltirilgan protestlarni ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
NAMUNA
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sud Rayosati

QARORI
2018 yil mart R № ___
Rayosat Oliy sud raisi raisligida, Rayosat a’zolari: , ,
va dan iborat tarkibda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
o‘rinbosari ishtirokida tumanlararo iqtisodiy sudining
-sonli ishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari tomonidan keltirilgan protestni ish hujjatlari asosida ko‘rib chiqib, quyidagilarni

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling