Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Nazorat shikoyatini qaytarish asoslari


Download 464.55 Kb.
bet274/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Nazorat shikoyatini qaytarish asoslari

Nazorat shikoyatini qabul qilishni rad etish asoslari

nazorat shikoyati IPKning
311 -moddasi birinchi-to'rtinchi
qismlaridanazarda tutilgan talablarga javob bermasa

nazorat shikoyati nazorat instansiyasi sudiga murojaat qilish huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa

belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar nazorat shikoyatiga ilova qilinmagan bo'lsa, qonunda davlat bojini to'lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to'lash
imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqida iltimosnoma mavjud bo'lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo'lsa

nazorat shikoyati belgilangan muddat o'tganidan keyin berilgan bo'lsa

nazorat shikoyatini qaytarish
to'g'risida ariza tushgan bo'lsa

nazorat shikoyati qonunga muvofiq nazorat tartibida shikoyat qilinishi mumkin bo'lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo'lsa




nazorat shikoyati nazorat tartibida ko'rib chiqilgan sud hujjati ustidan berilgan bo'lsa


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi nazorat shikoyatini qaytarish to‘g‘risida va qabul qilishni rad etish haqida besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Nazorat shikoyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida yoki nazorat shikoyatini ish yuritishga qabul qilish hamda uni ko‘rib chiqish uchun ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish haqida shikoyat O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay ajrim chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning o‘rinbosarining protesti kelib tushganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi protestni ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati qarorlari nazorat tartibida ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki ular o‘rinbosarlarining protesti bo‘yicha ish nazorat tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tomonidan ham ko‘rib chiqiladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining kotibi protestni ish bilan birga olganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati majlisi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida xabardor qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga nazorat tartibida protest keltirish uchun vakolatli shaxslar tomonidan ishni ko‘rgan suddan ish materiallari talab qilib olinadi va o‘rganib chiqiladi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling