Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Nazorat tartibida qayta ko‘rish asoslari


Download 464.55 Kb.
bet273/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Nazorat tartibida qayta ko‘rish asoslari

IPKning 307-moddasiga muvofiq qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari, agar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ushbu sud hujjatlari tufayli buzilgan bo‘lsa, ushbu shaxslarning shikoyatlari bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarining protesti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida qayta ko‘rilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga quyidagilar ustidan shikoyat qilinadi:

  1. apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlarining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari;

  2. apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarining qarorlari.

Nazorat shikoyati (protesti) bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Nazorat shikoyatida (protestida) quyidagilar ko'rsatilishi kerak




  1. nazorat shikoyati (protesti) berilayotgan sudning nomi

  2. shikoyatni (protestni) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning ishdagi protsessual holati

  3. ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi

  4. ishni birinchi, apellatsiya yoki kassatsiya

instansiyalarida ko'rgan sudlar va ular qabul qilgan qarorlarning mazmuni

  1. ustidan shikoyat berilayotgan (protest keltirayotgan) sud hujjjati

  2. sud hujjatini nazorat tartibida qayta ko'rish uchun asoslar, vajlar keltirilgan holda

  3. shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi

Nazorat shikoyatiga ish bo‘yicha qabul qilingan, sud hujjatlarining ko‘chirma nusxalari va shikoyatning (protestning) ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalil ilova qilinishi lozim.
Nazorat shikoyatiga belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
Shundan so‘ng nazorat shikoyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan o‘rganiladi


Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling