Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet291/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Davlat soliq xizmati organi tomonidan ijro varaqasini ijroga taqdim qilish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 3-iyunda 2465-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitob qilish to‘g‘risidagi Nizomning 59 bandining a) kichik bandiga muvofiq davlat soliq xizmati organlari bankka davlat budjetiga to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega.
Davlat soliq xizmati organlari inkasso topshiriqnomalarini elektron shaklda mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka bevosita taqdim etadi. Iqtisodiy sudning ijro varaqasi asosida inkassa topshiriqnomasi davlat soliq xizmati tomonidan yuqorida undiruvchi uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi tomonidan ijro varaqasini ijroga taqdim qilish
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari davlat ijrochilari zimmasiga yuklatiladi, ularning vakolatlari mazkur Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

  1. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati va ijro varaqasi dublikatini berish tartibi

Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati
Iqtisodiy sud tomonidan qabul qilingan sud hujjatini majburiy ijroga qaratish muayyan muddat bilan chegaralangan.
Iqtisodiy sudning ijro varaqasini olgan undiruvchi IPKning 338-moddasiga belgilangan muddatda ijro qilish uchun taqdim etishi lozim.
Ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran yoki sud hujjatining ijrosi kechiktirilgan yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etilgan taqdirda, muddat tugagan kundan e’tiboran uch yil ichida ijroga taqdim etilishi mumkin.
Agar sud hujjatining ijrosi to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa, uning ijrosi to‘xtatib qo‘yilgan vaqt ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddatga qo‘shib hisoblanmaydi. Demak bu muddat agar qarzdorga ijroni kechiktirish imkoni berilgan bo‘lsa, muddat kechiktirish muddati tugagan kundan boshlanadi. Agar bo‘lib-bo‘lib ijro etish imkoni berilgan bo‘lsa, uch yillik muddat ijroning har bir qismi uchun u o‘rnatilgan kundan boshlanadi.
Sud hujjatini ijroga taqdim etish muddati o‘tkazib yuborilib, tiklangan holda uch yillik muddat o‘tishi ijro muddatini tiklash to‘g‘risidagi ajrim qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlanadi.
Davriy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi qarorlar bo‘yicha ijro hujjatlari o‘z kuchini bunday to‘lovlar undirish uchun belgilangan barcha vaqt davomida saqlab qoladi. Bunday holatlarda muddatlar har bir to‘lov uchun hisoblanadi.
IPKning 338-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq sud hujjatining ijro etilishi to‘xtatib turilgan vaqt ijro varaqasi ijroga taqdim etiladigan uch yillik muddatga qo‘shib hisoblanmaydi.
IPKda, shuningdek kassatsiya shikoyati va sud hujjatini nazorat tartibida ko‘rish munosabati bilan ijro jarayonini to‘xtatib qo‘yish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, IPKning 94-moddasida ko‘zda tutilgan da’voni ta’minlash choralari ijroni da’vogar nizolashayotgan ijro hujjati bo‘yicha undirishni to‘xtatib turish imkonini beradi, shuningdek u mol-mulkni xatlashdan ozod qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etilgan taqdirda uni realizatsiya qilishni to‘xtatib turishga ham imkon beradi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling