Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet289/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ijro varaqasi berish
Umumiy qoidaga ko‘ra iqtisodiy sudning sud hujjatiga asosan bitta ijro varaqa beriladi. Ammo IPKning 336-moddasida bitta sud hujjati bo‘yicha bir necha ijro varaqasi berish qoidalari belgilangan.
Agar sud hujjatini ijro etish turli joylarda yoxud bir nechta undiruvchi foydasiga bajarilishi lozim bo‘lsa, sud undiruvchilarning iltimosiga ko‘ra ijro etish joyi yoxud sud hujjatining ushbu ijro varaqasi bo‘yicha ijro etilishi lozim bo‘lgan qismini ko‘rsatgan holda bir nechta ijro varaqasi beradi. Ushbu holatlarda tegishli tarzda bir necha ijro varaqasi har bir undiruvchi foydasiga undirish yoki har bir qarzdordan undirish ko‘rsatilgan holda beriladi.
Masalan, bir necha ijro varaqasi undiruvchiga turli joylarda joylashgan mol-mulk berilishi kerak bo‘lganda yoki qarzdorning bir necha hisobvaraqlari mavjud bo‘lganda va undiruvchi undirishni ularga qaratishga harakat qilganda berilishi mumkin. Ikki yoki undan ko‘p ijro varaqalari olish undiruvchiga ularni ijro etish uchun birdaniga taqdim etish va birdaniga bir necha joyda ijro etish imkoniyatini beradi.
Bir nechta javobgardan pul summalarini undirish to‘g‘risidagi sud hujjati asosida javobgarlarning soni bo‘yicha bir nechta ijro varaqasi beriladi. Bunda agar solidar javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan bo‘lsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi ko‘rsatilishi va solidar javobgar ekanligi ko‘rsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab o‘tilishi lozim.
Iqtisodiy sudning bitta hujjati asosida bir necha ijro varaqalari berishga yana bir qator hollarda yo‘l qo‘yiladi. Masalan, agar javobgarga iqtisodiy sudning hal qiluv qarori bilan pul mablag‘i to‘lashdan tashqari ma’lum mol-mulkni berish yoki boshqa harakatni amalga oshirish yuklatilgan bo‘lsa.
Ijro varaqasining mazmuni
Sud hujjatini majburiy ijro etish haqidagi ijro varaqasi tegishli shaklda beriladi, uning mazmuni IPKning 337-moddasida belgilangan talablarga javob berishi kerak.
Ijro varaqasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 1) ijro hujjatini bergan iqtisodiy sudning nomi; 2) ijro varaqasi berilgan ish va uning raqami; 3) ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjati qabul qilingan sana; 4) undiruvchi va qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi; 5) sud hujjatining xulosa qismi; 6) ijro varaqasini ijro etish tartibi va usuli, agar bu haqida sud hujjatida ko‘rsatilgan bo‘lsa; 7) sud hujjati kuchga kirgan sana; 8) ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga taqdim etish muddati.
Ijro varaqasi sudya tomonidan imzolanadi va sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Agar iqtisodiy sud tomonidan ijro varaqasi berilguncha sud hujjatini ijro etishni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etishga ruxsat berilgan bo‘lsa, unda ijro varaqasining muddati qachondan o‘ta boshlashi ko‘rsatiladi.
Ijro varaqasiga sud hujjatining xulosa qismi so‘zma-so‘z ko‘chirib yoziladi. Bunda xulosa qismining ijroga taalluqli bo‘lmagan qismi tushirib qoldiriladi. Agar bir sud hujjati asosida bir nechta ijro varaqasi beriladigan bo‘lsa, har bir ijro varaqasiga u bo‘yicha ijro etiladigan qismi ko‘chirib yoziladi.
Qarorda pul mablag‘larini to‘lash to‘g‘risida gap borgan hollarda ijro varaqasiga moddiy qiymatlar uchun asosiy qarz summasi, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun asosiy qarz summasi, shuningdek neustoykalar (jarimalar, penyalar) va keltirilgan zararlar ko‘rsatilishi kerak. Sud xarajatlarini taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan summalar alohida ko‘rsatilishi kerak. Bunda summalar yozma ravishda va qavs ichida raqamlar bilan ko‘rsatiladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling