Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish


Download 464.55 Kb.
bet297/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish
Iqtisodiy sud bergan ijro varaqasi asosida davlat ijrochisi tomonidan qo‘zg‘atilgan ijro ishini yuritishni sud qonunda nazarda tutilgan hollarda, undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga ko‘ra to‘xtatib turishi yoki tugatishi mumkin.
Iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida qo‘zg‘atilgan ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish va tugatish o‘sha sud yoki davlat ijrochisi joylashgan yerdagi iqtisodiy sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi ariza u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi.
Ajrim ustidan u chiqarilgan kundan boshlab o‘n kunlik muddatda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ijro ishini yuritishni tiklash
Ijro ishini yuritishni to‘xtatgan iqtisodiy sud ijro ishini yuritishni uni to‘xtatishga asos bo‘lgan sabablar yoki holatlar bartaraf etilganidan keyin undiruvchining, davlat ijrochisining arizasi bo‘yicha tiklaydi.
Ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqarilib, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi. Ijro ishi yuritishni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish
Iqtisodiy sud yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, hisob-kitobdagi yanglishishlar bilan berilgan, shuningdek o‘zgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasini undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan taraflarni chaqirtirmasdan hamda sud muhokamasisiz chaqirib olishga va uning o‘rniga yangi ijro varaqasini berishga haqli.
Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek agar sud qarorining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida bo‘lsa, davlat ijrochisiga yuboriladi.
Yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, hisob-kitobdagi yanglishishlar bilan berilgan yoki o‘zgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasi undiruvchi yoki davlat ijrochisi tomonidan uni bergan iqtisodiy sudga ijro etilmasdan qaytariladi.
Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling