Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet296/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sud hujjatining qaytarma ijrosi
Sud hujjatining qaytarma ijrosida bekor qilingan sud hujjati bo‘yicha undiruvchiga berish uchun undan olingan barcha narsalar (pul mablag‘lari, mol-mulk) qaytarilishi kerak. Binolarni bo‘shatish haqidagi ishlarda ular javobgarga qaytarib beriladi.
Shunday qilib, sud hujjatining qaytarma ijrosi quyidagi shartlar mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi: 1) sud hujjati (to‘la yoki qisman) ijro etilgan bo‘lsa; 2) sud hujjati bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan bo‘lsa; 3)yangi qaror qabul qilinib, da’vo (to‘la yoki qisman) rad etilgan bo‘lsa yoki ish yuritishni tugatish yoxud da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan bo‘lsa.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi garchand qayta ko‘rish paytida hal qiluv qarori (ajrim, qaror) allaqachon ijro etilgan bo‘lsa-da, kassatsiya instansiyasida, nazorat tartibida yoki yangidan ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Qaytarma ijro qaror yoki ajrim qonuniy kuchga kirganidan so‘nggina mumkin.
Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki o‘zgartirilib, da’voni to‘la yoki qisman rad etish to‘g‘risida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoxud da’vo to‘la yoki qisman ko‘rmasdan qoldirilsa, iqtisodiy sud bekor qilingan yoki tegishli qismi o‘zgartirilgan sud hujjati bo‘yicha undirishni to‘la yoki qisman bekor qilish to‘g‘risida sud hujjati qabul qiladi.
Bu holatda qaytarma ijro qo‘llanilmaydi, balki oldingi sud hujjati bo‘yicha undiruv tugatiladi. Bu yerda agarda oldingi sud hujjati qisman bo‘lsa-da, ijro etilganda qaytarma ijroga yo‘l qo‘yiladi.
Ishni kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ko‘rayotgan iqtisodiy sud, agar u o‘z qarori bilan nizoni hal etayotgan bo‘lsa (da’voni to‘la yoki qisman rad qilsa, ishni yuritishdan tugatsa yoki da’voni ko‘rmasdan qoldirsa), sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani ham hal etishi lozim.
Agar ish yangidan ko‘rishga berilsa, birinchi instansiya sudi sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani o‘z tashabbusi bilan ko‘rib chiqishi shart.
Agar ishni qayta ko‘rgan birinchi instansiya sudi, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlari tomonidan bekor qilingan (o‘zgartirilgan) sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani hal qilgan bo‘lmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga qaytarma ijro masalasini hal qilishni so‘rab ariza berishi mumkin. Arizaga avval qabul qilingan sud hujjatining ijrosini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi ariza iqtisodiy sudga kelib tushgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi. Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sud undirilgan pul mablag‘larini, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarish uchun ijro varaqasi beradi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling