Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet286/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

NAZORAT UCHUN TOPSHIRIQLAR

  1. Iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishning kassatsiya va nazorat tartibida ish ko‘rishdan farqli jihatlarini tushuntiring.

  2. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza sud majlisida ko‘rib chiqilayotganda taraflar kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida sudga murojaat qilsa, masala qanday hal etiladi?

  3. Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishni qayta ko‘rish asoslarini misollar asosida tahlil qiling.

  4. Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish va uning oqibatlarini tushuntiring.

KAZUSLAR
1-kazus
Da’vogar “Chermet” ma’suliyati cheklangan jamiyati da’vo ariza bilan viloyat iqtisodiy sudga murojaat qilib, javobgar “O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi hududida saqlanayotgan balans qiymati 91 200 000 so‘mlik mol-mulkka “Chermet” korxonasi egaligini tan olishni, “Chermet” korxonasi mol-mulki EKG-5,0 ekskavatori, JEK-50 krani, DEK-25 krani talon taroj qilingani sababli yetkazilgan zararni aniqlash uchun ekspertiza tayinlashni, aniqlangan zararni javobgardan undirishni so‘ragan.
Da’vogar hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 40-moddasiga asosan da’vo talabini o‘zgartirib, “O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi hududida saqlanib kelayotgan “Chermet” ma’suliyati cheklangan jamiyatining barcha mol-mulk huquqini tan olinishini va olib chiqishga ruxsat berilishini, mol- mulkka yetkazilgan haqiqiy zararni tiklash xarajatlari sifatida 878 257 074 so‘mni javobgardan undirishni so‘ragan.
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 16-iyuldagi hal qiluv qarori bilan da’vo qisman qanoatlantirilib, “O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi hududida saqlanib kelayotgan “Chermet” MChJning barcha mol- mulklari huquqi tan olingan va vindikatsiya usulida mol-mulk javobgarning qonunsiz egaligidan olib berilgan hamda mol-mulkka etkazilgan zarar sifatida DEK-251, DEK-50 dizel elektrokranlarini tiklash xarajatlari 869 769 979 so‘m “O‘zmetkombinat” AIChB hisobidan “Chermet” MChJga undirilib, da’voning qolgan qismini qanoatlantirish rad etilgan.
Apellatsiya instansiyasi sudining 2008-yil 11-apreldagi qarori bilan hal qiluv qarori o‘zgartirilgan. Hal qiluv qarorining “O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi hududida saqlanib kelayotgan “Chermet” korxonasining barcha mol-mulklariga nisbatan “Chermet” korxonasining mulk huquqi tan olish va mol-mulkka etkazilgan zarar sifatida DEK-251, DEK-50 dizel elektrokranlarini tiklash xarajatlari uchun “O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi hisobidan “Chermet” korxonasiga 809 709 979 so‘m so‘m undirish haqidagi qismi bekor qilingan va ushbu da’vo talablari rad etilgan. Hal qiluv qarorining “O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi hududida saqlanib kelayotgan “Chermet” korxonasining barcha mol-mulklarini vindikatsiya usulida mol-mulk javobgarning qonunsiz egaligidan olib berish o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Kassatsiya instansiyasi sudining 2008-yil 19-noyabrdagi qaroriga asosan apellatsiya instansiyasi sudining 2008-yil 11-apreldagi qarori o‘zgarishsiz va “Chermet” ma’suliyati cheklangan jamiyatining kassatsiya shikoyati qanoatalantirilmasdan qoldirilgan.
Da’vogar “Chermet” ma’suliyati cheklangan jamiyati 2012-
yil 14-dekabrdagi №03-12/11-sonli ariza bilan viloyat iqtisodiy sudga murojaat qilib, 11-0723/7622-sonli iqtisodiy ishni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishni so‘ragan.
> Mazkur holatda xojalik ishini yangi ochilgan holatlar bo 'yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza qaysi instansiya sudi tomonidan hal qilinadi?
> Arizani hal qilish bo‘yicha qanday protsessual harakat amalga oshiradi?
> Vaziyatni moddiy va protsessual huquq normalariga asosan tahlil qiling?

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling