Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet63/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: talabnoma atamasi ba’zi manblarda e’tiroznoma, talab ko‘rinishida ham keltirilgan.
Pochta aloqasi sohasida ham sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilish majburiy bo‘lib hisoblanadi. “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuninig 30-moddasiga ko‘ra pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda foydalanuvchi pochta aloqasi operatori yoki provayderiga talabnoma taqdim etishga, shu jumladan yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini talab qilishga haqli.
Pochta va kurerlik jo‘natmalari topshirilmaganligi, o‘z vaqtida yetkazib berilmaganligi yoki yo‘qotilganligi, buzilganligi (shikastlanganligi) yoxud o‘tkazilgan pul mablag‘lari to‘lanmaganligi to‘g‘risidagi talabnomalar pochta, kuryerlik jo‘natmalari yoki pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi topshirilgan kundan e’tiboran olti oy davomida taqdim etiladi.
Talabnomalar yozma shaklda taqdim etiladi va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
Talabnomalarga yozma javoblar quyidagi muddatlarda berilishi kerak:
bir aholi punkti doirasida jo‘natiladigan (o‘tkaziladigan) pochta, kuryerlik jo‘natmalari hamda pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalariga doir talabnomalarga - besh kun ichida;
boshqa barcha pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalariga doir talabnomalarga - bir oy ichida.
Pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlariga pochta, kurerlik jo‘natmasi va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi qabul qilingan yoki jo‘natilishi belgilangan manzil bo‘yicha talabnoma taqdim etilishi mumkin.
Xalqaro pochta, kuryerlik jo‘natmalarini va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini qidirib topish bo‘yicha talabnomalar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda qabul qilinadi hamda ko‘rib chiqiladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling