Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet61/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 122-moddasiga ko‘ra yo‘lovchi, qo‘l yuki, yuk yoki pochtani tashish yuzasidan tashuvchiga nisbatan da’vo qo‘zg‘atishdan oldin uning oldiga talab qo‘yilishi shart, aviatsiya halokati natijasida yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘lig‘iga zarar etishi bilan bog‘liq hollar bundan mustasno.
Tashish bitta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda talablar da’vogarning xohishiga ko‘ra parvoz boshlangan yoki tugagan manzilda bildiriladi. Tashish bir nechta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda, qo‘l yuki yoki yuk tashish qoidasi buzilganligiga doir talablar da’vogarning xohishiga ko‘ra birinchi yoxud oxirgi tashuvchiga, yo‘lovchining o‘limi yuz bergan yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda esa tashishni yo‘nalishning zarar yuzaga kelgan uchastkasida bajargan tashuvchiga bildiriladi.
Bevosita aralash transportlarda tashishdan kelib chiqadigan talablar:

  1. agar tashishning so‘nggi manzili aeroport bo‘lsa, tashuvchiga;

  2. agar tashishning so‘nggi manzili temiryo‘l yoki avtomobil stansiyasi, bandargoh yoki port bo‘lsa, tegishli transport tashkilotiga taqdim etiladi.

Da’vogarning nizoni sudgacha hal etish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etishi qonun va shartnomada ko‘zda tutilgan hollardagina majburiydir. Agarda bu tartib nizom va qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, qonunda ularning qo‘llanilishi haqida bevosita havola etilgan hollardan tashqari taraflar uchun majburiy hisoblanmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-moddasiga ko‘ra yuridik shaxs uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga yoxud sudning qaroriga muvofiq tugatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 iyuldagi 327- son “Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risida”gi qarorining 3.1-bandida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatda o‘z ustav jamg‘armasini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan keyin davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida soliq organining taqdimnomasini yoki maxsus komissiyaning xulosasini olgan kundan boshlab bir hafta muddatda ta’sischilarga asoslarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda korxonani ixtiyoriy tugatishni taklif etishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, mazkur qarorning 5.1-bandiga ko‘ra muassislari bedarak bo‘lgan korxonalar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar matbuotda ular tomonidan korxonalarni tugatish jarayonining boshlanishi to‘g‘risida e’lon beradilar hamda ayni paytda:
ichki ishlar organlariga muassislar va mansabdor shaxslarni qidirish chora- tadbirlarini ko‘rish;
mazkur korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasalariga ularning bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda yopish uchun tegishli axborot yuboradilar.
Agar uch oydan so‘ng muassislar (qatnashchilar) kelmasa yoki topilmasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bir hafta muddatda korxonani tugatish to‘g‘risida iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi.
Yuqorida qayd etilgan holatlar ham ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinishi lozimligini anglatadi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari bajarilishini ta’minlash choralari jumlasiga davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati tugaganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmasdan, jismoniy shaxslarga, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarga o‘ttiz kundan kechiktirmasdan yuboriladigan, soliq to‘lovchi majburiyatini bajarishi zarurligi hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan ko‘riladigan choralar to‘g‘risidagi talabnoma kiradi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling