Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet69/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Yana bir holat: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sud Plenumining 2014 yil 20 iyundagi 262-son “Ishtirokchilar o‘rtasida, ishtirokchilar bilan xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari o‘rtasida, aksiyadorlar o‘rtasida, aksiyador bilan AJ o‘rtasida xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni iqtisodiy sudlar tomonidan hal qilishning ayrim masalalari haqida”gi Plenum qarorining 13.1-bandiga ko‘ra, aksiyadorning o‘ziga qarashli aksiyalarni qaytarib sotib olish to‘g‘risidagi talabini aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan e’tiboran kechi bilan o‘ttiz kun ichida jamiyatga taqdim qilishlari kerak. Ushbu talab yozma shaklda berilishi va unda aksiyadorning yashash manzili (joylashgan manzili) hamda u qaytarib sotib olinishini talab qilayotgan aksiyalar soni ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bunda qayd etilgan o‘ttiz kunlik muddat nizoni sudgacha hal etish muddati hisoblanishini nazarda tutish lozim. Sudlar bunday da’volarni ko‘rish jarayonida aksiyador tomonidan talabnoma jamiyatga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yuborilganligini tekshirishlari lozim. Agar talabnoma ushbu muddat ichida yuborilgan bo‘lmasa, da’vo bo‘yicha ish yuritish IPK 110-moddasining 8-bandiga asosan tugatilishi lozim.
Umumiy qoida bo‘yicha ishni ko‘rish ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim chiqarish bilan yakunlanganida davlat boji qaytarilmaydi, to‘lanmagan davlat boji esa da’vogardan undiriladi. Shu bilan birga, Soliq kodeksi 342-moddasi birinchi qismining 4, 6, 7 va 9-bandlariga muvofiq: ish sudga taalluqli bo‘lmaganligi munosabati bilan ish yuritish tugatilganda; ishda qatnashgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa; da’vogar nizoni sudga qadar hal etish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmaganida, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning shartnomasida nazarda tutilgan hamda bunday hal etish imkoniyati boy berilganda; ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lmish tashkilot tugatilgan hollarda, davlat boji qaytarilishi kerak.
Ishni ko‘rish da’vo (ariza)ni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimni chiqarish bilan yakunlanganida davlat boji qaytarilmaydi, to‘lanmagan davlat boji esa da’vogardan undiriladi.
Dastlabki da’vo (ariza) ko‘rmasdan qoldirilgandan keyin da’vo arizasi (ariza) bilan iqtisodiy sudga qaytadan murojaat qilinganda davlat boji umumiy asoslarda yangidan to‘lanadi.
Iqtisodiy protsessual kodeksning 111-moddasiga ko‘ra, ish yuritishni tugatish to‘g‘risida iqtisodiy sud ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning ajrimida sud xarajatlarini ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida taqsimlash, davlat bojini budjetdan qaytarish masalalari hal qilinishi mumkin.
Ish yuritish tugatilgan taqdirda ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan iqtisodiy sudga ikkinchi bor murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi iqtisodiy sudning ajrimi ustidan shikoyat berish (protest keltirish) mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling