Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet72/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Izoh: IPKning 25-moddasida iqtisodiy sudga taalluqli nizolar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqiy munosabatlar qatnashchilarining subyektli tarkibi belgilangan. U, eng avvalo, yuridik shaxslarni va yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolarni hamda IPKning 25-moddasi birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan ishlar bo'yicha fuqarolar - jismoniy shaxslarni o‘z ichiga oladi. Agar da'vo bilan yuridik shaxsning o‘zi emas, balki uning alohida bo‘linmasi (filiali, vakolatxonasi) ishonchnoma asosida murojaat etsa, iqtisodiy sud da’vo arizasini qabul qilishni rad etishga haqli emas. Bunda bunday ishlar bo‘yicha vakil sifatida ishtirok etayotgan alohida bo‘linma emas, balki u manfaatlarini ko‘zlab harakat qilayotgan yuridik shaxs da’vogar hisoblanadi.
Agar da’vo yuridik shaxsning o‘ziga emas, balki uning alohida bo‘linmasiga nisbatan taqdim etilgan bo‘lsa, u holda yuridik shaxsning o‘zini ishda ishtirok etishga jalb qilish sud tomonidan IPKning 45-moddasiga muvofiq hal etiladi.
Izoh: iqtisodiy sudga IPKning 25-moddasida belgilangan iqtisodiyot sohasida fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan iqtisodiy nizolar bo‘yicha ishlar taalluqlidir. Iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan, nizo kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa huquqiy munosabatlar deganda, fuqarolik va ma’muriy huquq normalari bilan qamrab olinmagan yer, soliq va boshqa munosabatlar tushuniladi.

  1. iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar;

Izoh: IPKning 25-moddasi birinchi qismining 2-bandiga muvofiq iqtisodiy sudga yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Iqtisodiy sudtomonidan aniqlanadigan yuridik faktlarga, xususan; bino yoki yer maydonining mulk huquqi asosida mansubligi fakti; ko‘chmas mulkka 15 yil davomida o‘ziniki kabi insofli, ochiq va uzluksiz egalik qilish yoki boshqa mulkka 5 yil egalik qilish fakti; tashkilotning muayyan vaqtda va muayyan joyda ro‘yxatdan o‘tish fakti va boshqalar tegishli.
Iqtisodiy sudquyidagi shartlarning yig‘indisi mavjud bo‘lganda yuridik faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizalarni o‘z ish yurituviga qabul qiladi va ko‘radi:

  • agar qonunga ko‘ra fakt huquqiy oqibatlarni, ya’ni tadbirkorlik va boshqa iqtisodiy faoliyat sohasida huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishini keltirib chiqarsa;

  • agar yuridik faktning aniqlanishi keyinchalik iqtisodiy sudga taalluqli bo'lgan huquq to'g'risidagi nizoni hal etish bilan bog‘liq bo‘lmasa;

  • agar arizachi yuridik faktni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni olish yoki tiklashning boshqa imkoniyatiga ega bo‘lmasa;

  • agar amaldagi qonun hujjatlarida yuridik faktni aniqlashning boshqa (suddan tashqari) tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa.

  1. bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar;

  2. hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlar;

  3. IPKning 30-moddasida ko‘rsatilgan korporativ nizolar bo'yicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno;

  4. chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijro etishga qaratish to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.


Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling