Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet74/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: iqtisodiy sudlarga quyidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir:

  • huquqni tan olish;

  • huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug'diradigan harakatlarning oldini olish, bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo'llash;

  • davlat organining yoki fuqarolarning o'zini o‘zi boshqarish organini hujjatini haqiqiy emas deb topish;

  • burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;

  • zararni to'lash;

  • neustoyka undirish;

  • huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o'zgartirish;

Fuqarolik kodeksining 11-moddasida belgilangan talablardan kelib chiqib, ushbu ro'yxatni qat'iy deb belgilash mumkin, lekin Fuqarolik kodeksi fuqarolik huquqlari qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ham himoya qilinishi mumkinligini ham nazarda tutadi.
Mazkur qoida huquqni himoya qilinishini emas, balki suiiste'molchiliklarga yo‘l qo'ymaslik maqsadida huquqni himoya qilish usullarini cheklashga yo‘naltirilgan, ya’ni huquqni himoya qilishga qaratilgan har qanday subyektiv huquq ma’lum bir chegaraga ega bo‘lishi lozim.
Iqtisodiy protsessual kodeksning 26-moddasiga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan hal etiladigan nizolarning taxminiy ro‘yxati berilgan. Unga ko‘ra, iqtisodiy sud:

  1. tuzilishi majburiyligi qonunda nazarda tutilgan shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to'g'risidagi;

  2. shartnoma taraflari tomonidan ko'rib chiqilishi sudga o'tkazilishi kelishilgan shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqidagi;

  3. shartnomani o'zgartirish yoki bekor qilish to'g'risidagi; 4) bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi;

  1. majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi to'g'risidagi;

  2. mulk huquqini tan olish haqidagi;

  3. mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan mol- mulkni boshqa shaxsning g'ayriqonuniy egaligidan talab qilib olish to'g'risidagi;

  4. intellektual faoliyat obyektlari va fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga mulkiy huquqlari buzilganligi haqidagi;

  5. mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan holda buzilganligi to'g'risidagi;

  6. zararning o'rnini qoplash haqidagi;

  7. ishchanlik obro'sini himoya qilish to'g'risidagi;

  8. undirish so'zsiz (aktseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish haqidagi;

  9. agar qonunda jarimalarni so'zsiz (aktseptsiz) tartibda undirish nazarda tutilmagan bo'lsa, nazorat qiluvchi organlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolardan jarimalar undirish to'g'risidagi;

  10. nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlari talablarini buzgan holda so'zsiz (aktseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablag'larini budjetdan qaytarish haqidagi nizolarni hal etadi.

Sud qonun bilan o'zining vakolatiga kiritilgan boshqa nizolarni ham hal qiladi.
Iqtisodiy sudlarga 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3619-son Farmoniga ko'ra, quyidagi huquqiy ta’sir choralarini ma'muriy-huquqiy ishlar qatorida ko‘rib chiqishi mumkin:

  1. Faoliyatni tugatish.

  2. Faoliyatni to'xtatib qo'yish. Favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘iga boshqa haqiqiy xavf-xatar yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan faoliyatni ko‘pi bilan o‘n ish kunigacha to'xtatib qo'yish hollari bundan mustasno.

  3. Banklardagi hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib qo'yish. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish borasida aniqlangan hollar bundan mustasno.

  4. Moliyaviy sanksiyalarni qo'llash. Soliq va yig'imlarni to'lash muddatini o'tkazib yuborganlik uchun penya qo'shish, shuningdek tadbirkorlik subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo'lish va moliyaviy sanksiya jarimalarini ixtiyoriy ravishda to'lash hollari bundan mustasno.

  5. Huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o'tkazish.

  6. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug'ullanish litsenziyalari (ruxsatnomalari)ni o‘n ish kunidan ko'proq muddatga to'xtatib qo'yish yoki amal qilishini tugatish va bekor qilish (0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar bundan mustasno).


Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling