Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet73/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: iqtisodiy sudga ishtirokchilar o‘rtasida, ishtirokchilar bilan xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari o‘rtasida, shu jumladan, aksiyadorlar o‘rtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar ham taalluqlidir, bundan mehnatga oid nizolar mustasno. Bunday ishlar nizo vujudga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar bo‘lishidan qat’i nazar, faqat iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Agar fuqaro belgilangan tartibda olingan yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo‘lsa-da, ammo nizo uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan emas, balki uy-joy, nikoh-oila va boshqa, shu jumladan fuqarolik huquqiy munosabatlar bilan bog'liq bo'lsa, bu nizo iqtisodiy sudga taalluqli emas.
Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo'qotgan fuqarolar ishtirokidagi nizolarga doir ishlar ham, agar tegishli talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, sudga taalluqli bo'ladi. Qonun bilan sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin.
Agar 0‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, sud o‘ziga taalluqli ishlarni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari, shuningdek chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ko'radi.
O‘zaro bog'liq bo‘lib, ba'zilari iqtisodiy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo'lgan bir nechta talab birlashtirilgan taqdirda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo'yicha sudda ko'rilishi lozim.
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba'zilari ma'muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli bo'lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l qo'yilmaydi.

  1. Iqtisodiy sud tomonidan hal etiladigan nizolar

Iqtisodiy sudlarga fuqarolik hamda ma'muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan qaysi ishlarni da'voli tartibda ko'rib chiqilishini aniqlash uchun moddiy qonun Fuqarolik kodeksiga murojaat qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Fuqarolik kodeksining 10-moddasiga ko'ra fuqarolik huquqlari protsessual qonunlar yoki shartnomada belgilab qo'yilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli bo'lishiga qarab, sud iqtisodiy sudyoki hakamlik sudi tomonidan himoya qilinadi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling