Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Sudlovga tegishlilik tushunchasi va turlari


Download 464.55 Kb.
bet81/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sudlovga tegishlilik tushunchasi va turlari

Iqtisodiy sudlar va boshqa idoralarning vakolatini chegaralovchi taalluqlilikdan farqli o‘laroq, sudlovga tegishlilik iqtisodiy sudlari, ularning turli bo‘g‘inlari, tizimi, pog‘onalari o‘rtasidagi vakolatlarini chegaralaydi. Boshqacha qilib aytganda, sudlovlilik qoidasiga ko‘ra birinchi instansiya sudi sifatida ishlarni hal etish vakolatiga ega bo‘lgan aniq iqtisodiy sud tushuniladi.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 32-moddasi 1-qismiga muvofiq iqtisodiy sudga taalluqli ishlar tumanlararo, tuman(shahar)iqtisodiy sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari sudloviga tegishli ishlar bundan mustasno.
Sudning iqtisodiy sud tizimidagi pog‘onasi va ishni ko‘rib chiqish joyi (hududi)ga qarab sudlovlilik ikki turga ajraladi, ya’ni turdosh va hududiy sudlovlilik. Bu haqida quyida atroflicha to'xtalib o'tamiz.
Turdosh sudlovlilik
Iqtisodiy protsessual qonunchiligi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va iqtisodiy sudlarning vakolatlarini chegaralaydi. Iqtisodiy protsessual kodeksining 32-moddasi turdosh sudlovlilikni chegaralashning umumiy tamoyillarini belgilaydi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlar vakolatlari hajmi va mazmuniga ko‘ra o‘zaro bir-biri bilan teng hisoblanadilar. Bu holat turdosh sudlovlilikni aniqlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Unga ko‘ra u yoki bu iqtisodiy ishni mazkur iqtisodiy sudda ko‘rib chiqishning imkoni bo‘lmasa, u shu pog‘onadagi boshqa iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar iqtisodiy sudlari taraflardan biri O‘zbekiston Respublikasi norezidenti — chet el shaxsi bo‘lgan ishlarni; chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlarni ko'radi.
Iqtisodiy protsessual kodeksi istisno sifatida ayrim toifadagi ishlarni faqat O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga taalluqliligini belgilaydi. Jumladan, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari o ‘rtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar O ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ko‘riladi.
Fuqarolik kodeksining 79-moddasiga muvofiq, fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda davlat nomidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa organlar ishtirok etadilar.
Iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha ishlarga u yoki bu mulkka nisbatan mulk huquqini belgilash to‘g‘risidagi, masalan, davlat mulk huquqini taqsimlash jarayonida vujudga keladigan holatlarni ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, yerga nisbatan egalik huquqini taqsimlashda o‘zaro kelishuvga erishilmasa ham nizo sud tomonidan hal etilishi mumkin. Bunda Respublika boshqaruv organi bilan vakillik va ijroiya hokimiyati mahalliy organlari o‘rtasidagi yerga nisbatan mulk huquqini belgilash yuzasidan kelib chiqadigan nizo Oliy sudning sudloviga tegishlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarni e’tiborga olgan holda har qanday ishni istalgan suddan olib qo ‘yish va uni birinchi instantsiya bo‘yicha o'zining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqli. Hal qiluv qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudning Rayosati tomonidan bekor qilinib, ish yangidan ko'rish uchun birinchi instantsiya sudiga yuborilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishni birinchi instansiya sudi bo'yicha o‘zining ish yurituviga qabul qilishga haqli.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va iqtisodiy sudlarning vakolatlari o‘rtasidagi chegaralashning mezoni alohida nizo predmeti va alohida nizoning subyektiv tarkibiga egaligi bilan belgilanadi.
Oliy sudning sudloviga alohida toifadagi ishlarning taalluqliligi iqtisodiy protsessi, sud tizimining tuzilishi, asosan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqlarini himoya qilishda o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling