Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ishni bir iqtisodiy sudidan boshqasiga o'tkazish masalalari


Download 464.55 Kb.
bet89/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ishni bir iqtisodiy sudidan boshqasiga o'tkazish masalalari

Qonunchilik, ishni sudlovga tegishliligini o'zgartirmasligining umumiy qoidasini belgilaydi, ya'ni iqtisodiy sud tomonidan sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilgan holda qabul qilib olingan ish, garchi keyinchalik boshqa iqtisodiy sudning sudloviga tegishli bo'lib qolsada, avvalgi iqtisodiy sud tomonidan mazmunan ko'rilishi lozim.
Bu shuni anglatadiki, umumiy qoidaga ko'ra iqtisodiy sud tomonidan ish yurituvga qabul qilingandan keyin ishning sudlovga tegishliligini aniqlashga ta'sir qiluvchi holatlarning o'zgarishi yuridik ahamiyat kasb etmaydi. Masalan, javobgarning manzili o'zgarsa, ishda ishtirok etish uchun boshqa javobgarlarning jalb etilishi, tegishli bo'lmagan javobgar almashtirilsa ham ishni ko'rish uchun qabul qilib olgan iqtisodiy sudi, agar u ishni sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilgan holda qabul qilgan bo'lsa, u ko'rib chiqib ishni oxirigacha yetkazishi, ya'ni mazmunan ko'rib chiqilishi lozim.
Shunday qilib, ushbu normani qo'llashda iqtisodiy sud tomonidan da'vo arizani ish yurituviga qabul qilish vaqtida sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmaganligini aniqlash lozim.
Sudlovga tegishlilik qoidalarini tartibga soluvchi qonunchilikning o'zgarishi ishni boshqa sudda ko'rish uchun o'tkazishga olib kelmaydi.
Umumiy qoidaga ko'ra iqtisodiy sud ishni ko'rishni boshqa iqtisodiy sudga o'tkazishga haqli emas. Lekin Iqtisodiy protsessual kodeksining 39-moddasi 2-qismi bundan istisno holatlarni nazarda tutadi. Unga ko'ra, iqtisodiy sud ishni boshqa iqtisodiy sudga quyidagi hollarda o'tkazadi:

  1. ish sudlovga tegishlilik qoidalarini buzgan holda qabul qilinganligi ishni shu sudda ko'rish chog'ida ma’lum bo‘lsa;

  2. bir yoki bir nechta sudya rad qilinganidan keyin ularni mazkur sudda almashtirish mumkin bo'lmay qolsa, shuningdek ishni ushbu sudda ko'rish mumkin bo'lmay qolgan boshqa hollarda.

Iqtisodiy sud tomonidan da’vo arizasini ish yurituviga qabul qilish vaqtida sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmaganligining protsessual huquqiy oqibati da’vo arizasini uni taqdim etgan shaxsga qaytarish uchun asos bo'ladi.
Sudya tomonidan ish sudlovga tegishlilik qoidasini buzib qabul qilganligi shu sudda ishni ko'rish vaqtida ma’lum bo'lsa, iqtisodiy sud ishni tegishli sudga o'tkazadi. Masalan, taraflar Iqtisodiy protsessual kodeks bilan ta'kidlangan mutlaq sudlovlilikni o'zgartirish to‘g‘risida kelishuv tuzgan bo'lsalar, iqtisodiy sud da’vo arizasini ish yurituviga qabul qilish vaqtida bu holatni aniqlamagan bo'lsa, ishni ko'rish jarayonida ushbu holatni aniqlanishi mutlaq sudlovlilik qoidasi asosida qaysi sudga tegishli bo'lsa o'sha sudga o'tkaziladi.
Iqtisodiy sud agar bir yoki bir nechta sudyalar rad qilinganidan keyin ularni ushbu sudda almashtirish mumkin bo'lmay qolsa, shuningdek ishni ushbu sudda ko'rish mumkin bo'lmay qolgan boshqa hollarda ishni boshqa iqtisodiy sudga o'tkazadi.
Lekin qonunchilikda ishni qaysi sudga yuborish to'g'risidagi masala hal etilmagan. Ushbu masalani mazkur iqtisodiy sud sudloviga tegishli sudyalar hal eta olmaydilar, chunki ularning ishtiroki qonun bilan yo‘l qo‘yilmaydi. Ular tomonidan chiqarilgan ajrim noqonuniy tarkibda qabul qilingan deb topilib, bekor qilinishi mumkin. Bunday holatda ishni boshqa iqtisodiy sudga o‘tkazish masalasini O'zbekiston Respublikasining Oliy sudi hal etishi lozim.
Iqtisodiy sud tomonidan ishni ko'rishni boshqa iqtisodiy sudga o'tkazish shu pog'onadagi sudga yo'naltirilishi kerak. Demak, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlar Iqtisodiy protsessual kodeksning 39-moddasi 2-qismi holatlari asosida ishni ko'rishni O'zbekiston Respublikasining Oliy sudiga o'tkaza olmaydi.
Shuningdek, yana bir holat agar sud ishini ko'rish vaqtida ishning sudlovlilik qoidalarini buzgan holda qabul qilinganligini aniqlasa, aytaylik, Buxoro viloyatining iqtisodiy sudi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishni bilmasdan ish yurituviga qabul qilsa, masalani qanday hal etishi mumkin. Bu turdosh sudlovlilik qoidalarini amalga oshirish mexanizmlarining to'liq emasligidan dalolat beradi. Bir tomondan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar joylardagi iqtisodiy sudlar tomonidan ko'rilmaydi, iqtisodiy sudlar esa ishni ko'rishni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga o'tkaza olmaydi. Mazkur holatda joylardagi iqtisodiy sudlar tomonidan turdosh sudlovlilik qoidalarini buzgan holda qabul qilingan qaror mantiqan to'g'ri bo'lmaganligi sababli sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmaganlik asosi bilan bekor qilinishi mumkin emas.
Iqtisodiy sud ishni boshqa iqtisodiy sudga o'tkazish to'g'risida ajrim chiqaradi. Ajrimda ishni qaysi iqtisodiy sudga yuborilayotganligi aniq ko‘rsatiladi. Boshqa iqtisodiy sudni tanlashda, uning yaqinda joylashganligi, ishni pochta aloqasidan foydalangan holda tezda yetkazish imkoni borligi, boshqa iqtisodiy sudning taraflar joylashgan joyga yaqinligi, boshqa iqtisodiy sudda ushbu ishni ko‘rib chiqish uchun sud tarkibini shakllantirish imkoni borligi hisobga olinadi.5
Ishni boshqa iqtisodiy sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrim ishida ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgandan keyin besh kunlik muddat ichida jo‘natiladi yoki ularga tilxat orqali topshiriladi. Shu muddat ichida ajrim bilan birga ish ham boshqa iqtisodiy sudga jo'natilishi kerak.
Iqtisodiy protsessual kodeksida ushbu ajrim ustidan shikoyat berish holati nazarda tutilmagan.
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlar o'rtasida sudlovga tegishlilik to‘g‘risidagi nizolarga yo‘l qo‘yilmaydi. Ish yuborilgan iqtisodiy sud, garchand u ishni sudlovga tegishlilik qoidalari buzilgan holda jo‘natilgan deb hisoblasada, ishni ko‘rib chiqish uchun qabul qilishi shart.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling