6-BOB. IQTISODIY PROTSESSDA SUD XARAJATLARI VA
SUD JARIMALARI
Iqtisodiy protsessda sud xarajatlari tushunchasi va turlari
Har bir shaxs yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi sub’yekt o‘zining nizolashayotgan huquq yoki manfaatlarini sud orqali himoya qilishi kafolati konstitutsiya va qonun hujjatlari asosida kafolatlangan. Iqtisodiy sudlarga murojaat qilish tartibi va bunday murojaatga qo‘yilgan talablar Iqtisodiy protsessual kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solingan.
Iqtisodiy protsessda sud xarajatlari - ishni iqtisodiy sudda ko'rish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar bo‘lib, taraflarga va uchinchi shaxslarga yuklanadigan pul summasidir.
Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni ko'rish bilan bog'liq chiqimlardan: sud hujjatlarini yuborish bilan bog'liq pochta xarajatlaridan, iqtisodiy sud tayinlagan ekspertizani o'tkazish, guvohni chaqirish, dalillarni o‘z joyida ko'zdan kechirish uchun to'lanishi kerak bo'lgan summa, shuningdek ishni ko'rish bilan bog'liq boshqa xarajatlardan tashkil topadi.
Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni ko'rib chiqib hal qilishlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda davlat boji va sud chiqimlari undiriladi, ammo sudlar tomonidan undiriladigan davlat boji va sud chiqimlari sudlarni moddiy-texnik jihatdan to'liq ta'minlashga etmaydi, shu sababli sudlarni moddiy-texnik bazasini shakllantirishda, sud xodimlarini ish haqlari va ularni ijtimoiy ta'minotida davlat bevosita ishtirok etadi.
Sud xarajatlari turlari:
|
Davlat boji
|
Ishni ko'rish va sud xujjatlarini yuborish bilan bog'liq chiqimlar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |