Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet90/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

  1. Iqtisodiy sud tomonidan hal etiladigan nizolar doirasini aniqlang.

  2. Ishni bir iqtisodiy suddan boshqa sudga o‘tkazish tartibini tushuntiring.

  3. Hududiy va turdosh sudlovlilik qoidalarini misollar asosida tahlil qiling.

  4. Iqtisodiy sudlarga hakamlik sudlarining sud hujjatlari bilan bog‘liq ishlarning taalluqlilik masalalarini tahlil qiling.

KAZUSLAR
1-kazus

Da’vogar yakka tartibdagi tadbirkor A.X.Tursunov iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgarlar Toshkent shahar Hamza tuman DSI, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK Departamenti Toshkent shahar boshqarmasiga nisbatan 2013 yil 8 noyabrdagi tekshiruv bayonnomasi, “Ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish haqida”gi bayonnomani haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Sud tomonidan quyidagi asoslarga ko‘ra da’vogarnig da’vo arizasini qabul qilish rad etilgan.
Tekshiruv bayonnomasi - bu nozirlar tomonidan tuziladigan, soliq to‘lovchini tekshirish natijalari qayd etilgan hujjat bo‘lib, uning o‘zi hech qanday huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi va davlat organining hujjati bo‘lib hisoblanmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 103-moddasiga ko‘ra davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari soliq tekshiruvi materiallari ko‘rib chiqilganidan keyin besh ish kunidan kechiktirmasdan quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qiladi:
soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlarni va penyani hisoblashni yoki buni rad etishni;
soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortishni yoki bundan voz kechishni.
Da’vogar 2013 yil 8 noyabrdagi tekshiruv bayonnomasi, “Ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish haqida”gi Bayonnoma haqiqiy emas deb topish haqida o‘z arizasida keltirayotgan talablar iqtisodiy sudlarining sudloviga tegishli bo‘lmay, IPK 26-moddasida keltirilgan iqtisodiy sudlarhal etadigan nizolar qatoriga kiritilmagan.
Vaziyatga huquqiy baho bering? Fikringizni qonun hujjatlari bilan asoslantiring?
2-kazus
Da’vogar “Yunusobod dehqon bozori” AJ iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar Yunusobod tuman DSIga nisbatan Yunusobod tuman DSIning “Yunusobod dehqon bozori” AJdan qo‘shimcha hisoblangan soliqlar undirish haqidagi 2013 yil 19 noyabrdagi 07/1-1-27765-sonli qarorini bekor qilishni so‘ragan.
Sud tomonidan, mazkur talab iqtisodiy sudning sudloviga taalluqli emasligi haqidagi asos bilan da’vo arizasini ish yurituvga qabul qilish rad etilgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering? Sudlovga taalluqlilik qoidalarini tushuntiring?

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling