Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet85/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

To‘rtinchidan, ijro etish joyi ko‘rsatilgan shartnomadan kelib chiqadigan da’volar majburiyat ijro etiladigan joy bo‘yicha taqdim etilishi mumkin. Shuni qayd etish kerakki, mazkur norma qoidasi, agar shartnomada ijro etish joyi to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa (masalan, mahsulot yetkazib beruvchi tovarni sotuvchi joylashgan joyda topshiradi) tatbiq etiladi.
Shuningdek, shartnoma yozma hujjatlar almashish yo‘li bilan ham tuzilishi mumkin, bunda shartnomada majburiyatlarni ijro etish joyi ko‘rsatilgan bo‘lsa yuqoridagi qoida tatbiq etiladi.
Shuni qayd etish kerakki, ushbu qoida Fuqarolik kodeksining 246-moddasida nazarda tutilgan shartnomada ko‘rsatilganda shartnomani ijro etish joyini aniqlash usullari tatbiq etiladi.
Hududiy sudlovlilikning uchinchi turi mutlaq sudlovlilikdir. Mutlaq sudlovlilik hududiy sudlovlilikning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib, unga ko‘ra Iqtisodiy protsessual kodeksda bevosita ushbu toifadagi ishlarga nisbatan qo‘llaniladigan qoidalardan tashqari, sudlovlilikning boshqa umumiy qoidalarini qo‘llash imkoniyatini istisno etadi.
Mutlaq sudlovlilikning qoidalari da’vo taqdim etishida hududiy sudlovlilikning boshqa turlari qo‘llanilishini inkor etadi.4
Bunda ishni ko‘rish bo‘yicha da’vogarga u yoki bu iqtisodiy sudini tanlash imkoniyati berilmaydi. Shuningdek, mutlaq sudlovlilik qoidalari tomonlarning kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin emas.
Iqtisodiy protsessual kodeksi mutlaq sudlovlilikning uchta turini nazarda tutadi:
yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlarning sudlovga tegishliligi;
bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarning sudlovga tegishliligi;
alohida sudlovga tegishlilik.
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlarning o‘ziga xos xususiyati unda huquq to‘g‘risidagi nizoning mavjud emasligidir. U yoki bu faktni aniqlash talabi bilan iqtisodiy sudga murojaat qilgan shaxs da’vogar deb emas, balki arizachi deb ataladi.
Ushbu holatda hududiy sudlovlilikning umumiy qoidalarini qo‘llash istisno etiladi.
Agar arizachi iqtisodiy sudga ko‘chmas mulkka egalikni aniqlash to‘g‘risida yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni o‘rnatish yuzasidan berilgan arizalar ko‘chmas mulk joylashgan joydagi iqtisodiy sudga taqdim etiladi.
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlar yuzasidan beriladigan arizalar ish bo‘yicha arizachi davlat ro’yxatidan o’tgan joydagi sudga taqdim etiladi.
Shunday qilib, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlarning sudlovliligi aniqlanishi kerak bo‘lgan faktlarning xarakteri va turiga bog‘liq.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarning sudlovga tegishliligi ham alohida o‘rin egallaydi. Ushbu toifadagi ishlarning sudlovga tegishliligi bo‘yicha maxsus qoidalarni o‘rnatilishini taqozo qiladi. Bunda qarzdorni bankrot deb topish talabi bilan murojaat qilinganida ish qarzdor turgan joydagi iqtisodiy sudida ko‘riladi. Ushbu qoida alohida sudlovga tegishlilik sifatida ifodalangan va ishni to‘g‘ri ko‘rib chiqish uchun qulay sharoitlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Chunki, bu vaziyat qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligini aniqlash to‘g‘risidagi dalillarni yig‘ish hamda bankrotlik to‘g‘risidagi ishga doir turli masalalarni hal qilishda qulaylik yaratadi.
Alohida sudlovga tegishlilik mutlaq sudlovga tegishlilikning bir ko‘rinishi bo‘lib, u ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini tan olish va yo‘lovchi, bagaj hamda yuk tashish shartnomasidan kelib chiqadigan ishlarning sudlovga tegishliligini belgilaydi.
Bino, inshoot, yer maydonlari nisbatan mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi, bino, inshoot, yer uchastkasini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish, mulkdor yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi da’volar bino, inshoot, yer maydoni joylashgan joyda taqdim etiladi.
Demak, bunday ishlarning sudlovliligi bino, inshoot, yer maydoni qayerda va qaysi joyda joylashganligiga bog‘liq.
Shuni qayd etish kerakki, ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasi, ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomasi, ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarishdan kelib chiqadigan nizolar mutlaq sudlovlilikning qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. Jumladan, ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha ko‘chmas mulkka nisbatan to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi nizolarga nisbatan ham ushbu qoidalar qo‘llanilmaydi. Shuningdek, ko‘chmas mulkni oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo arizalar yuqorida qayd etilgan Iqtisodiy protsessual kodeksining alohida sudlovlilikka oid qoidasiga muvofiq kelmaydi, chunki bu yerda ko‘chmas mulkka nisbatan egalik qilish huquqi nizolashiladi.
Shuning uchun ham Iqtisodiy protsessual qonunchilikda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning haqiqiy emasligi bilan bog‘liq nizolar sudlovlilikning umumiy qoidalari asosida hal etilishini nazarda tutish lozim bo‘ladi.
Yana bir holat, undiruv garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulkka qaratilganda sudlovlilik masalasi ham ko‘chmas mulk joylashgan joy sudloviga tegishliligi me’yorlari asosida hal etilishi lozim, bu esa alohida sudlovga tegishlilikning umumiy tamoyillariga mos keladi.
Umuman olganda, mazkur toifadagi sudlovlilikni belgilashda ayrim muammolar ham kelib chiqishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining bir nechta viloyatlarida joylashgan yer maydonlari nisbatan egalik huquqini belgilash to‘g‘risida nizo kelib chiqsa qaysi sudga murojaat qilish masalasi iqtisodiy protsessualqonunchiligida nazarda tutilmagan.
Shuningdek, mazkur sudlovga tegishlilikka oid normalarni mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs tomonidan da’vo ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar dastlabki da’vo bilan birga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan qarshi da’vo kabi dastlabki da’vo ko‘rilayotgan sudga taqdim etilishiga oid yangi me’yorlar bilan to‘ldirilishi lozim.
Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasidan kelib chiqadigan yo‘lovchi, bagaj va yuk tashuvchiga nisbatan da’volar, shu jumladan yo‘lovchi, bagaj va yuk tashuvchi javobgarlardan biri bo‘lgan hollarda ham transport tashkilotining organi joylashgan joyda taqdim etiladi. Barcha holatlarda ham nizo transport organi joylashgan yerdagi iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Yuk tashish shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarga yuk tashuvchiga nisbatan qo‘llaniladigan har qanday talabni tushunish mumkin. Masalan, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslikdan kelib chiqadigan zarani undirish, yuk tashish shartnomasini bekor qilish, yuk tashish shartnomasini to‘la yoki qisman bekor qilish va boshqalar.
Hududiy sudlovlilikning yana bir turi shartnoma bo‘yicha sudlovga tegishlilikdir.
Shartnomaviy sudlovlilik dispozitivlik tamoyiliga asoslangan bo‘lib, tomonlarga hududiy sudlovga tegishlilikni mustaqil tanlash imkonini beradi. Boshqacha qilib aytganda, shartnomaviy sudlovga tegishlilik qoidalari taraflar o‘zaro kelishuviga ko‘ra nizoni ko‘rib chiqish joyini aniqlash imkonini beradi. Biroq bunday kelishuv faqat hududiy sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari va muqobil sudlov uchun tegishlilikka nisbatan yo‘l qo‘yilishi mumkin. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar va bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha alohida sudlovga tegishlilik qoidalarini o‘zgartirish mumkin emas.
Sudlovga tegishlilik to‘g‘risida kelishuv, tomonlar o‘rtasida tuziladigan fuqarolik huquqiy shartnomaga kiritilishi mumkin. Hududiy sudlovga tegishlilik to‘g‘risidagi kelishuvning majburiyati uni shartnoma taraflaridan biri tomonidan o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmasligida namoyon bo‘ladi. Shuni qayd etish kerakki, sudlovga tegishlilik to‘g‘risidagi tomonlarning kelishuvi ham moddiy-huquqiy ham protsessual xarakter kasb etadi. Bunday kelishuvni tuzuvchi tomonlarning huquq va muomala layoqati, shaxslarning vakolati moddiy-huquqiy ahamiyat kasb etsa, mazkur kelishuvni tuzish oqibati - nizoning sudlovliligini aniqlash protsessual xarakterga ega.
Sud tomonidan ishni sudda ko‘rish jarayonida javobgarning shartnoma bo‘yicha sudlovga tegishlilik haqida kelishuvga erishilayotgan paytda yanglishilganlik, aldov yoki uni tuzgan shaxslarning vakolatga ega bo‘lmaganligi haqidagi vajlariga, shuningdek shartnomada sudlovga tegishlilik shartlariga oid belgilangan muddatning o‘tganligi yoki u haqidagi kelishuv bekor qilinganligi haqidagi taraflarning ko‘rgazmalariga baho berishi lozim.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling