Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet83/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Hududiy sudlovlilik
Sudlovga taalluqlilikning yana bir turi hududiy sudlovlilik hisoblanadi. Hududiy sudlovlilik bir bo‘g‘indagi iqtisodiy sudlar o‘rtasida nizoni ko‘rish joyiga qarab vakolatlarni taqsimlaydi.
Boshqacha qilib aytganda, hududiy sudlovlilik bir pog‘onadagi iqtisodiy sudlarini o‘zaro vakolatlarini chegaralaydi, bunda u yoki bu iqtisodiy sud yurisdiksiyasining hududiy chegaralari hisobga olinadi. Bu orqali u yoki bu muayyan ishni bir pog‘onadagi iqtisodiy sudlaridan aynan qaysi biri ko‘rib chiqishga haqli ekani belgilanadi.
Hududiy jihatdan sudlovga tegishlilikni aniqlashda ishning xarakteri ham nizoning subyektlari tarkibi ham muhim emas. Xususan, bu qoidalarni qo‘llash uchun javobgar shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki chet el fuqarosi ekani ham ahamiyatli emas, ularning barchasiga iqtisodiy sudida ish yuritishning umumiy qoidalari baravar ravishda tegishlidir.
Hududiy sudlovlilikni bir nechta turga ajratish mumkin:
1. Umumiy hududiy sudlovlilik.
Iqtisodiy protsessual kodeksining 33-moddasi hududiy sudlovga tegishlilikning umumiy, qoidalarini belgilaydi. Unga ko‘ra yuridik shaxslarga nisbatan da’volar, ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga taqdim etiladi. Yuridik shaxslarga nisbatan ularning alohida bo'linmalari faoliyatidan kelib chiqadigan da’volar alohida bo‘linmalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga taqdim etiladi. Fuqarolarga nisbatan da'volar ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga taqdim etiladi.
Fuqarolik kodeksining 46-moddasiga muvofiq yuridik shaxsning joylashgan yeri, agar qonunga muvofiq yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy bilan belgilanadi. Yuridik shaxsning joylashgan yeri uning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilishi kerak.
Hududiy sudlovlilikning keyingi turi muqobil sudlovga tegishlilikdir. Iqtisodiy protsessual kodeksining 34-moddasiga muvofiq da’vogarning tanlashi bo'yicha sudlovga tegishlilik - muqobil sudlovga tegishlilik deb ataladi. Chunki, qonun da’vogarga hududiy sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalaridan chetga chiqqan holda, bir nechta iqtisodiy sudlar orasidan o‘ziga qulayini tanlash imkonini beradi.
Demak, muqobil sudlovlilik bo‘yicha ish qaysi iqtisodiy sudga tegishliligini tanlash huquqi faqat da’vogarga beriladi. Bu shuni anglatadiki, javobgarlar bunday holatda da’vogar murojaat qilgan sud tomonidan sudyaning da’vo arizasini qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimiga e’tiroz bildirishga haqli emas, sudya esa muqobil sudlovlilik qoidalariga rioya qilgan holda taqdim etilgan da’vo arizasini qabul qilishni rad etishga yoki da’vogarga boshqa sudga murojaat qilishi to‘g‘risidagi taklifni berishga haqli emas.
Qonunchilik muqobil sudlovlilikning to‘rtta jihatini belgilaydi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling