Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet82/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: Shuni qayd etish kerakki, Iqtisodiy protsessual kodeksining 37-moddasida nazarda tutilgan alohida sudlovga tegishlilik qoidalari Oliy sudning sudlovliligiga oid me’yorlar uchun tatbiq etilmaydi, bu esa protsessual qonunchilikning tizimli tahlil qilish qoidalariga zid bo‘lib, ba’zi kolliziyalarni vujudga keltiradi. Shuning uchun ham iqtisodiy protsessual qonunchiligidan nizo turdosh sudlovlilik qoidalari bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli bo‘lsa, nizoning alohida sudlovga tegishlilik tamoyillariga taalluqligidan qat’iy nazar ushbu sud tomonidan ko‘rib chiqilishini nazarda tutish lozim.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlarni ko‘rib chiqish jarayonida ishga respublika boshqaruv organlari bilan vakillik va ijroiya hokimiyati mahalliy organlaridan tashqari boshqa shaxslarning taraf sifatida ishga jalb etilishi ishni turdosh sudlovlik qoidalariga muvofiq ravishda quyi sudlarga o‘tkazish masalasi ham baxsli hisoblanadi.
Shuningdek, Iqtisodiy protsessual kodeksining 32-moddasi 3-qismida sanab o‘tilgan ishlardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi har qanday ishni istalgan iqtisodiy sudidan olib, birinchi instansiyada ko‘rish uchun qabul qilish yoki boshqa iqtisodiy sudga o‘tkazishi mumkin. Iqtisodiy protsessual kodeksining 32-moddasi 4-qismiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarni e’tiborga olgan holda ushbu vakolatlarni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosiga ko‘ra birinchi instansiyada ish yuritish uchun ishlarni qabul qiladi, bunda sud amaliyotini to‘g‘ri yo‘naltirish ahamiyati hisobga olinadi.
Biroq nizo Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida turdosh sudlovlilik qoidalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ekanligi aniqlansa, ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga o‘tkazilishi masalasi ham munozarali hisoblanadi. Nazarimizda, ishni bir sudddan boshqasiga o‘tkazish tamoyili bir pog‘onadagi sudlar uchun qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari, ishni bir iqtisodiy sudidan olib boshqasiga berish zaruriyati, masalan, sudyalarni rad etish to‘g‘risidagi arizalar qanoatlantirilganda, ushbu sudda mazkur ishni ko‘rib chiqish uchun yangi sud tarkibi tuzish imkoni bo‘lmaganda yuzaga keladi.
Umuman olganda, ishlarning turdosh sudlovliligi qoidasiga ko‘ra, qaysi bo‘g‘indagi iqtisodiy sud yoki bu iqtisodiy ishni ko‘rib chiqish huquqi aniqlanadi.
Turdosh sudlovlilikni aniqlashning mezoni ishning turi (toifasi) hisoblanadi. Aynan turdosh sudlovlilik iqtisodiy sud tizimida turli xil daraja va bo‘g‘indagi iqtisodiy sudlar o‘rtasida ularga taalluqli ishlarni chegaralash imkonini beradi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling