Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet79/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni hakamlik sudi foydasiga undirish talabi IPKning 29-bobida belgilangan qoidalar asosida ko‘rib chiqilmaydi. Shu bois nizoni hakamlik sudida hal qilishda taraflar tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan xarajatlarni to‘lash hakamlik sudi tomonidan kechiktirilgan taqdirda hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaxs hakamlik muhokamasining tegishli tarafidan ushbu xarajatlarni undirishni so‘rab vakolatli sudga umumiy tartibda da’vo arizasi bilan murojaat qilishga haqli.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudning hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi iqtisodiy sudga, hakamlik sudning hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza esa qarzdor joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi yoxud, agar qarzdor joylashgan er yoki yashaydigan joy noma’lum bo‘lsa, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudga beriladi.
Bunday toifadagi ishlar bo‘yicha IPKning 38-moddasida belgilangan shartnoma bo‘yicha sudlovga tegishlilik to‘g‘risidagi qoida qo‘llanilmaydi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlar alohida toifadagi ishlar hisoblanadi. Agar arizani qaytarish yoki qabul qilishni rad etish uchun asoslar mavjud bo‘lmasa, sudlar arizani ish yuritishga qabul qilishlari, unga tegishli raqam berishlari hamda ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Hakamlik muhokamasi taraflari sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida sudning ajrimi orqali xabardor qilinadi. Ajrim topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat bilan yuboriladi.
Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Bunday holatda agar ish bo‘yicha taqdim qilingan hujjatlar (dalillar) yetarli deb hisoblansa, sud ishni mavjud hujjatlar asosida ko‘rib chiqadi.
Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda IPKning 164-moddasida belgilangan muddatlar qo‘llaniladi.
Hakamlik sudning hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudning hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha davlat boji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalari”ga muvofiq to‘lanadi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda iqtisodiy sud hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudning hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko‘rib chiqishga haqli emas.
Iqtisodiy sud hakamlik sudning hal qiluv qarorini bekor qilish va hakamlik sudning hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha IPKda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha ajrim chiqaradi.
Ajrim ustidan IPKda belgilangan tartibda va muddatda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
IPKning 223-moddasi birinchi qismi hamda Qonun 46-moddasining birinchi qismi mazmuniga ko‘ra hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining iqtisodiy sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori ustidan ushbu qarorni olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Ariza belgilangan muddat o‘tganidan keyin taqdim etilgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma asosida tiklanishi mumkin.
Agar ariza belgilangan muddat o‘tganidan keyin taqdim etilgan bo‘lib, muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma berilmagan yoki sud tomonidan belgilangan muddatning o‘tkazilishi sabablari uzrli deb topilmagan bo‘lsa, u IPK
224-moddasining oltinchi qismiga muvofiq kodeks 155-moddasining qoidalariga binoan qaytariladi.
Agar hakamlik sudi tomonidan ish bo‘yicha qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilingan bo‘lsa, o‘ttiz kunlik muddat arizachi tomonidan qo‘shimcha hal qiluv qarori olingan kundan boshlab hisoblanadi.
Agar qarzdor joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi yoxud agar qarzdor joylashgan yer yoki yashaydigan joy noma’lum bo‘lsa, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudning ish yurituvida hakamlik sudning hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ish mavjud bo‘lib, hakamlik sudning hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi iqtisodiy sudga hakamlik sudning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza kelib tushsa, hakamlik sudning hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish IPK 101-moddasi birinchi
qismining 1-bandiga asosan to‘xtatib turilishi yoki ishni ko‘rish IPK 230- moddasining oltinchi qismiga asosan qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirilishi mumkin.
Hakamlik sudning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganidan keyin manfaatdor shaxs tomonidan shu ish doirasida hakamlik sudning hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risida ariza IPKning 229-moddasi hamda Qonunning 51- moddasi talablariga rioya qilingan holda berilgan bo‘lsa, u ish yuritishga qabul qilinadi va dastlabki ariza bilan birga ko‘rib chiqiladi. Agar hakamlik sudning hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza IPKning 229-moddasi hamda Qonunning 51-moddasi talablarini buzgan holda berilgan bo‘lsa, u IPKning 155-moddasiga mos holda qaytariladi.
Agar iqtisodiy sudning ish yurituvida IPK 223-moddasining ikkinchi qismi va 224-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilgan holda hakamlik sudning hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudning hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi alohida qo‘zg‘atilgan ishlar mavjud bo‘lsa, IPK 158-moddasiga asosan bu ishlar bitta ish yuritishga birlashtirilishi mumkin.
Hakamlik sudning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni IPK 224-moddasi talablariga mos kelishi va unga ushbu moddada nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinishi lozim. Ushbu talablarga rioya qilinmagan taqdirda, hakamlik sudning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza IPKning 155-moddasiga mos holda qaytariladi. Arizaning qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan xatolar bartaraf etilgandan keyin takroran iqtisodiy sudga umumiy tartibda bunday ariza bilan murojaat qilishga to‘sqinlik qilmaydi.
Manfaatdor shaxs tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza IPKning 29- bobi talablariga rioya etilgan holda umumiy tartibda berilganda, bunday arizani hakamlik sudning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilayotganligi asos bo‘lib, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish mumkin emas.
Hakamlik sudining hal qiluv qarori, IPKning 226-moddasi birinchi qismida ko‘rsatilgandek asoslar mavjud bo‘lsagina bekor qilinadi. Bunda isbotlash majburiyati hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, ariza bergan tarafning zimmasiga yuklatiladi. Shu bilan birga, agar IPK 226-moddasida ko‘rsatilgan asoslar iqtisodiy sud tomonidan aniqlansa ham hakamlik sudning hal qiluv qarori bekor qilinadi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling