Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet76/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

birinchidan, ular moddiy-huquqiy munosabatlarning turli xil yo‘nalishlarida vujudga keladi, ya’ni fuqarolik-huquqiy munosabatlarda uning subyektlarining huquqiy tengligi e’tirof etilsa, ma’muriy-huquqiy munosabatlarda hokimiyat va unga bo‘ysunuvchilarning ishtirokidagi munosabatlar bilan belgilanadi.
ikkinchidan, umumiy qoida tariqasida fuqarolik-huquqiy munosabatlarga ma’muriy, soliq, moliyaviy huquq normalarini qo‘llash imkoniyati mavjud bo‘lsa ham, aksincha fuqarolik huquqi normalari, aytaylik soliq munosabatlariga tatbiq etilmaydi;
uchinchidan, ma’muriy-huquqiy munosabatlardan nizo kelib chiqqan taqdirda shaxs buzilgan huquqini tiklashni so‘rab yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga murojaat qilganida ijobiy natijaga erishmagan bo‘lsa, tegishli ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin:
to'rtmchidan, ushbu toifadagi ishlar bir-biridan himoya qilish obyekti bilan ham farqlanadi.
Xususiy munosabatlar sohasida buzilgan fuqarolik huquqlari xususiy- huquqiy nizolar hisoblanadi. Huquq to'g'risidagi nizo deganda, ikki shaxsni biror-bir huquqiy masalalar yuzasidan turli xil fikrlari deb emas, balki bir shaxsning boshqa shaxsdan huquqlarini talab qilishga qaratilgan harakatini tushunish lozim. Shunda har bir nizolashuvchi taraf sudga murojaat qilish va undan yordam so'rashni talab qilishi mumkin.
Ma'muriy-huquqiy munosabatlardan nizo kelib chiqqan taqdirda esa fuqaro va yuridik shaxslar davlat bilan hokimiyat organlari o'rtasida munosabatga kirishib va bunda huquqbuzarliklar ommaviy organlar o'rtasida bo'ladi. Ommaviy organlar biror-bir subyektiv fuqarolik huquqlarini talab qilmaydilar, da'volar esa vakolatlar doirasidan chetga chiqish, o'ziga yuklatilgan majburiyatni bajarmaslik, qonunni noto'g'ri qo'llash, boshqa organlarning vakolatlari doirasi buzish natijasida yuzaga keladi. Sud organlariga ommaviy organlarning faoliyatini qonuniyligini, faoliyatini qonunda belgilangan talablarga rioya qilgan holda amalga oshirganligi, ma'muriyatning farmoyishlari uning faoliyati maqsadlariga muvofiqligini tekshirish vazifasi yuklanadi.
Ommaviy organlarning huquqqa xilof harakatlari natijasida:

  • fuqarolar va tashkilotlarning subyektiv ommaviy huquqlari buzilishi;

  • asossiz ommaviy majburiyatlarni yuklash natijasida qonuniy manfaatlar buzilishi;

  • iqtisodiy sud tomonidan himoya qilinishi lozim bo'lgan subyektiv xususiy huquqlarning buzilishiga olib keladi.

Subyektiv xususiy huquqlar buzilishi natijasida yuzaga keluvchi nizolar toifasiga xususiy shaxslar va ommaviy organlar o'rtasida yuzaga kelishidan qat'i nazar, fuqarolik-huquqiy tusdagi nizolar toifasiga kiritish lozim.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling