Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet75/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: Rossiyada maxsus ma'muriy sudlar tashkil etilmagan. Ma'muriy ishlar mavjud sud organlari tomonidan protsessual qonunchilikda mazkur turdagi ishlarni o'ziga xos qoidalari talablariga ko‘ra ko'rib chiqiladi.
Fuqarolik protsessual huquqi nazariyasida ma'muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar alohida toifadagi fuqarolik ishlari guruhiga kirib, bunda sud ishlarni ko'rib chiqishda mansabdor shaxslar, davlat organlari va boshqa jamoat tashkilotlari harakatlarining noqonuniyligini nazorat kiladi. Ma'muriy- huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi bu toifadagi ishlarga shartli ravishda “ma'muriy ish yurituvi” atamasi qo‘llaniladi.
Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 29-moddasida iqtisodiy sudlarga tashkilotlar va fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq ma’muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar ko‘rsatilgan bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:

  1. tadbirkorlik va boshqa iqtisodiy faoliyat sohasida vujudga keladigan normativ-huquqiy hujjatlarni haqiqiy emas deb topish;

  2. tadbirkorlik va boshqa iqtisodiy faoliyat sohasida ariza beruvchining huquqlari va qonuniy manfaatlariga ta’sir etadigan Rossiya Federatsiyasi davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining normativ xarakterda bo‘lmagan hujjatlarini haqiqiy emas deb topish;

  3. iqtisodiy sudlarga ko‘rish vakolati berilgan ma’muriy huquqbuzarliklar;

  4. tadbirkorlik va boshqa iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chog‘ida fuqarolar va tashkilotlarning agarda qonunchilikda undirishning boshqacha tartibi belgilanmagan bo‘lsa, majburiy to‘lovlar, sanksiyalarni undirii to‘g‘risidagi;

  5. iqtisodiy sudlar vakolatiga berilgan boshqa ma’muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar.

Fuqarolik-huquqiy va ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar ajratilmagan bo‘lib, ular da’voli tartibda ish yuritishning umumiy qoidalari asosida ko‘rib chiqilgan.
Umuman olganda, fuqarolik-huquqiy va ma’muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarning bir-biridan farqli xususiyatlari quyidagilardan iborat:

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling