O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 191.56 Kb.
bet1/30
Sana08.03.2023
Hajmi191.56 Kb.
#1248736
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
kkk111


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
«PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA» FANI O’QUV QO’LLANMA
TOSHKENT - 2010

1 mavzu. Pedagogik konfliktologiyaning fan sifatida rivojlanishi
Reja:

  1. Pedagogik konfliktologiya fanining maqsad va vazifalari.

  2. Pedagogik konfliktologiya fanining rivojlanish bosqichlari.

  3. Pedagogik konfliktologiya fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi.

Pedagogik jarayon o’ziga hos murakkab ijtimoiy tuzilma bo’lib, shahslararo aloqalarning doimiy jarayonidan iboratdir. Albatta, bu jarayonda ikki sub’ekt o’rtasidagi munosabatlarni ijobiy shakl doirasidan chetga chiqish holatlari ham kuzatiladi.
Pedagogik jarayonda shahslararo munosabatlarning keskinlashuvi natijasi sifatida konfliktlarning юzaga kelishi kuzatiladi.
Konflikt o’zi nima? Bu fan o’rganuvchi ob’ektlar nimalardan iborat? Konfliktlarni kelib chiqishini, sabab va oqibatlarini o’rganuvchi fan “Konfliktologiya” bo’lib, u lotincha “conflictus” – to’qnashuv demakdir. Fan nuqtai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy o’rganish davlat hokimiyati, jamiyat a’zolari hamda alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi ziddiyatlarni o’rganishdan boshlangan. Keyinchalik ilmiy qiziqishlarni ortib borishi bilan ijtimoiy, siyosiy, milliy, guruhlararo va shahslararo konfliktlar fan ob’ektiga aylana boshladi. Konfliktologiya XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan sifatida shakllana boshlagandan so’ng, jamiyatda konfliktning tutgan o’rni o’rganish jamiyat hayotida juda muhimligi sababli, etnik va guruhlararo konfliktli munosabatlarni o’rganish, sistematik asosda ularni tahlil qilish va o’zaro to’ғri echimga kelish zaruriy ehtiyojlardan biriga aylandi.
Pedagogik konfliktologiya fanining maqsadi - konfliktlar, hususan pedagogik konfliktlarning kelib chiqish sabalari, ularni bartaraf etish yo’llari va pedagogik jarayondaga konfliktlarning oldini olish yo’llarini o’rganish, tamoyillarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdan ibort.
Pedagogik konfliktologiya fani mustaqil fan sifatida o’rganilishiga qaramay uning rivojlanishi qator pedagogik turkum fanlar, hususan, pedagogika, ijtimoiy pedagogika, pedagogika tarihi, qiyosiy pedagogika, shuningdek, anatomiya va fiziologiya, psihologiya, sotsiologiya, falsafa, tarih, huquq va boshqa ijtimoiy fanlar bilan yaqin aloqadorlikda o’rganiladi.

Download 191.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling