O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti
Nizoning rivojlanib borishida qator bosqichlar mavjud
Download 191.56 Kb.
|
kkk111
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’z-o’zini nazorat etish uchun savollar
- 4- ma ’ruza mavzusi. Pedagogik konfliktlar va ularni bartaraf etish yo’llari Reja
Nizoning rivojlanib borishida qator bosqichlar mavjud:
1. Taxmin qiluvchi bosqich – manfaatlari to’qnashuvi юzaga kelishi mumkin bo’lgan sharoitlar bilan bog`liq. 2. Nizoning paydo bo’lish bosqichi – turli guruhlar yoki alohida insonlar manfaatlarining to’qnashuvi. Nizoning etilishi bosqichi – manfaatlari to’qnashuvi muqarrar bo’lib qoladi. Nizoni anglab etish bosqichi – janjallashuvchi tomonlar manfaatlari to’qnashuvini faqatgina sezibgina qolmay, balki anglab ham eta boshlaydilar. O’z-o’zini nazorat etish uchun savollar: Nizo va uning turlari qanday tavsiflanadi. O’quv faoliyatidagi nizolarni qanday izohlaysiz. Nizoning rivojlanish bosqichlarini sanang. Nizolarni bartaraf etish yo’llarini yoriting. 4- ma’ruza mavzusi. Pedagogik konfliktlar va ularni bartaraf etish yo’llari Reja: Pedagogik konfliktlarning hususiyatlari. Pedagogik konfliktlarning namoyon bo’lish shakllari. Pedagogik konfliktlarni bartaraf etish yo’llari. Pedagogik konfliktlar bu pedagogik jarayonda o’qituvchi va ta’lim oluvchi o’rtasida, shuningdek talabalar o’rtasida vujudga keluvchi muammoli vaziyatlarning amaldagi ko’rinishidir. Pedagogik jarayonni asosiy boshqaruvchisi o’qituvchi bo’lib, tizim doirasida faoliyatni amalga oshirishda talaba, ya’ni sub’ekt bilan aloqada konfliktli muhitlar юzaga kelishi mumkin. O’qituvchi va talaba o’rtasidagi shahslararo konfliktlar юqori bosqich talabalari bilan ko’proq sodir bo’ladi. Ilk bosqichlarda o’qituvchi talaba nigohida shubhasiz юqori nufuzga ega shahs sifatida gavdalanib, o’qituvchi talaba uchun ota-onasi singari kuchli ta’sir kuchiga ega bo’ladi. CHunki, talaba “MEN”i bu davrda ruhiy adaptatsiyada bo’lib, yangi sharoitga ko’nikmagan ruhsizlikni boshidan kechiradi. YAngi sharoitga ko’nikib borishi natijasida, shahsda o’zgarishlar юz bera boshlaydi va talabaning o’z “MEN”iga bo’lgan ishonch ortadi. Natijada o’qituvchi va talaba o’rtasida konfliktli jarayonlar sodir bo’la boshlaydi. Юqori bosqichlarda talabalar mustaqil bo’lishga intiladi. O’zini fikrlarini bemalol aytishni, o’ziga taa’lluqli muammolarni mustaqil hal etishni, atrofidagi bo’layotgan voqelarga shahsiy munosabatini bildirishni hohlaydi. Natijada belgilangan me’yorlarni buzish natijasida o’qituvchi va talaba o’rtasida konflikt юzaga keladi. Pedagogik jarayonning muhim ishtirokchisi talaba bo’lib, ular orasidagi aksar konfliktlar kichik guruhlarda liderlikka intilish natijasida namoyon bo’ladi. Konfliktli vaziyat guruhdagi ikki lider o’rtasida vujudga kelib, ular konfliktga nafaqat o’zlarini, balki tarafdorlarini ham tortishi mumkin. Bu esa konfliktik eskalyatsiyani, ya’ni uni miqyosini kengayishiga sabab bo’ladi. Talaba-talaba va talaba-o’qituvchi konfliktida konfliktogenlarni qo’llamasdan, samarali uslublarni ishlatgan holda muammo echimiga kelish mumkin. SHuning uchun nizolarni muvaffaqiyatli hal qilish odatda muammoni aniqlash, uni tahlil qilish, uni hal qilish bo’yicha harakatlar va natijalarni baholash tsiklini o’z ichiga oladi. Har qanday aniq bir vaziyatda nizolarni hal qilish bo’yicha siyosatni ishlab chiqishga kirishishdan avval ularning manbalarini aniqlash zarur. Birinchi navbatda nima sodir bo’lganligini aniqlash kerak. Muammo nimadan iborat? Ushbu bosqichda muammoni aniqlash bilan barcha rozi bo’lishi uchun hodisalarni bayon etish muhim. Nizo tahlil qilib chiqilganidan so’ng hamkorlik ruhida birgalikda barchani murosaga keltirish yo’lini izlashga o’tish mumkin. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi nizoni hal qilishda nizoning sabablarini tahlil qilishdan tashqari yoshi omilini hisobga olish kerak. “O’qituvchi - o’quvchi” amaliy nizoli vaziyatlar bilan bir qatorda shahsiy hususiyatdagi qarama-qarshiliklar ham uchrab turadi. Nizoli vaziyatga tushib qolib o’qituvchi o’zining faolligini yoki suhbatdoshini yahshiroq tushunishga yoki nizoni bostirish yoki uni oldini olish maqsadida o’z psihologik holatini boshqarishga qaratishi mumkin. Birinchi holatda nizoli vaziyatni hal qilishga insonlar orasidagi bir-birini tushunishlarini yo’lga qo’yish, anglashilmovchiliklarni, kelishmovchiliklarni yo’qotish yo’li bilan erishiladi. Umuman olganda, boshqa insonni tushunish ancha murakkab. Tajribali pedagoglar nimani gapirishni (dialogda mazmunini tanlash), qanday gapirishni (suhbatni emotsional tusda olib borish), bolaga qaratilgan nutqda maqsadga erishish uchun qachon gapirishni (vaqti va o’rni), kimning oldida va nima uchun gapirishni (natijaga ishonch) biladi. Pedagog va o’quvchi o’rtasida haqiqatda юzaga kelgan nizoni uch darajalarda tahlil qilish mumkin: Ta’lim muassasasida o’quv-tarbiyaviy ishlarini tashkil qilish ob’ektiv husussiyatlari nuqtai nazaridan; guruh, pedagogik jamoa, o’qituvchi va o’quvchining aniq shahslararo munosabatlari ijtimoiy-psihologik hususiyatlari nuqtai nazaridan; nizo ishtirokchilari yoshi, jinsi, individual-psihologik hususiyatlari nuqtai nazaridan. Agar butun ta’lim jarayonini tashkil qilish va sharoitlarida, jamoali qoidalar va tartiblar tizimida, ushbu jarayonning bir-birlariga nisbatan ijobiy munosabatlari, bo’lajak nizolarda konstruktiv hulqlariga tayyorliklarida haqiqiy ob’ektiv va sub’ektiv o’zgarishlar yaqqol ko’zga tashlansa, nizo samarali hal qilingan hisoblanishi mumkin. Download 191.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling