Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet70/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

  1. Iqtisodiy nizolarni sudgacha hal qilish tartibi tushunchasi va uning ahamiyatini tushuntiring.

  2. Nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibini tushuntiring.

  3. Nizolarni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilishning majburiy shartlarini izohlang.

  4. Nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmaslikning oqibatlarini misollar asosida tahlil qiling.

KAZUSLAR
1-kazus
Iqtisodiy sudga “Sunbul” aksiyadorlik jamiyati da’vo arizasi bilan murojaat qilib, da’vo talablarini asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ijara shartnomasi yuzasidan vujudga kelgan qarzdorlikni undirishni so‘ragan. Javobgar - “Omad” MChJ vakili sudga da'vogarning da'vo arizasiga nisbatan e’tiroznoma taqdim etib, ijara shartnomasida nizolarni sudgacha hal etish tartibi belgilanganligini, da’vogar talabnoma yuborishi lozimligini ma’lum qilib, da’vo arizani qanoatlantirishni rad etishni so‘ragan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Sudning protsessual harakatlarini tahlil qiling.
2-kazus
Aksiyadorlik jamiyati iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, xususiy korxona tomonida shartnoma majburiyatlari lozim darajada bajarilmaganligini vaj qilib, zarar undirishni so‘ragan.
Ishni sudda ko‘rish jarayonida javobgar ariza bilan murojaat qilib, nizoni hakamlik sudida ko‘rish uchun taraflar o‘rtasida kelishuv mavjudligi sababli nizoni ushbu sudda ko‘rishning imkoniyati mavjud emasligini bayon qilgan.
Da’vogar esa nizoni ushbu sudda ko‘rib chiqilishini talab qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Mazkur holatda sudya qanday harakat qilishi lozim?
5-BOB. IQTISODIY ISHLARNING TAALLUQLILIGI VA
SUDLOVLILIGI



  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling