Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet67/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Masalan, 2017 yil 28 avgustda taraflar o‘rtasida tuzilgan TO/44-son shartnomaning 9.1, 9.2- bandlariga asosan taraflar ushbu shartnoma yuzasidan kelib chiqadigan har qanday nizolarni o‘zaro muzokaralar olib borish yo‘li bilan hal qilinishi, bunday muzokaralar natija bermagandan so‘nggina, nizoni sudgacha hal qilish tartibiga majburiy ravishda amal qilgan holda, iqtisodiy sudlarga murojaat qilinishini o‘zaro kelishgan.
Biroq sud muhokamasi davomida, da’vogar tomonidan sudga, mazkur iqtisodiy nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmadi.
Iqtisodiy protsessual kodeksning 148-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, nizo mazkur tartibga rioya etilganidan so‘nggina sudga ko‘rib chiqish uchun topshirilishi mumkin. Shu sababli bunday toifadagi nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilmaganligi IPK 107-moddasining 5-bandiga muvofiq da’voni ko‘rmasdan qoldirish uchun asos hisoblanadi. Bunda prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslarning arizalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, taraflar yuqoridagi choralarni ko‘rgan-ko‘rmaganliklaridan qat’i nazar, u mazmunan ko‘rib chiqilishi lozim.
Masalan, da’vogar iqtisodiy sudga murojaat etib, to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan undirish haqidagi ushbu shartnomalarni bekor qilishni so‘ragan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 384-moddasi 1-qismida shartnomalar qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, ularni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuv ham shunday shaklda tuzilishi lozimligi, shu moddaning 2-qismida bir taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olgandan keyingina yoki taklifda ko‘rsatilgan muddatda yoki o‘ttiz kunlik muddatda javob olmagandan keyin, shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi talabni sudga taqdim etishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Vaholanki, ish hujjatlarida da’vogar tomonidan qonunning ushbu talabi bajarilganligi, ya’ni iqtisodiy sudga murojaat etishdan oldin taraflarga shartnomalarni bekor qilish talabi bilan murojaat etilganligi haqidagi hujjat mavjud emas. Sud majlisida ishtirok etgan taraflar vakillari ham bunday talabnomani olmaganliklarini tasdiqlashdi.
Binobarin, IPKning 107-moddasi 5-bandiga binoan da’vogar nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan taqdirda sud da’voni ko‘rmasdan qoldirish lozim bo‘ladi.
Fuqarolik kodeksi 551-moddasining birinchi qismi ijaraga beruvchining talabi bo‘yicha sud tomonidan mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish holatlari ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Ijara shartnomasida ijaraga beruvchining talabi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin. Biroq nazarda tutish lozimki, FK 551-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar ro‘yxati taraflar kelishuviga binoan qisqartirilishi mumkin emas.
Yana bir holat borki, agar shartnomani muddatidan oldin bekor qilish haqidagi talab Fuqarolik kodeksi 551-moddasiga (ijaraga beruvchining talabi bo‘yicha mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish) asosan bildirilgan bo‘lsa, shartnomani muddatidan oldin bekor qilish tartibi haqidagi maxsus norma qo‘llaniladi. Bunda nazarda tutish lozimki, ijaraga beruvchining shartnomani muddatidan oldin bekor qilish haqidagi talabi sudga ijaraga oluvchi uchun majburiyatlarni bajarish zarurligi haqidagi yozma ogohlantirish yuborilganidan keyingina berilishi mumkin. Mazkur talabni bajarmaslik nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilmaslik deb baholanishi lozim.
Fuqarolik kodeksining 552-moddasi Fuqarolik kodeksining 551-moddasidan farqli ravishda ijaraga oluvchining zimmasiga ijaraga beruvchiga belgilangan muddatda majburiyatni bajarish yoki shartnoma shartlarining buzilishini bartaraf etish haqida yozma ogohlantirish yuborish majburiyatini yuklamaydi, bunday holatda Fuqarolik kodeksi 384-moddasining ikkinchi qismi qoidalari qo‘llaniladi.
Iqtisodiy protsessual kodeksining 108-moddasiga ko‘ra iqtisodiy sud da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Iqtisodiy sudning ajrimida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud xarajatlarini taqsimlash, davlat bojini budjetdan qaytarish masalalari hal qilinishi mumkin. Da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
Da’voni ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilgach, da’vogar iqtisodiy sudga umumiy tartibda yana murojaat qilish huquqiga ega.
Iqtisodiy protsessual kodeksining 110-moddasi 8-bandiga ko‘ra da’vogar sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, basharti bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda tutilgan va bunday tartibni qo‘llash imkoniyati yo‘qotilgan bo‘lsa, iqtisodiy sud ish yuritishni tugatadi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling