Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet62/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: Soliq kodeksining 60-moddasiga ko‘ra soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma yozma shaklda rasmiylashtiriladi va unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

  1. soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki to‘liq nomi;

  2. soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;

  3. talabnoma tuzilgan sana;

  4. talabnomani yuborish vaqtida hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, penya, jarimalar bo‘yicha qarz summasi;

  5. talabnoma olinganidan so‘ng soliq majburiyati bajarilmagan taqdirda qo‘llaniladigan majburiy undirish choralari va muddatlari;

  6. debitorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar solishtirma dalolatnomasini taqdim etish to‘g‘risidagi ko‘rsatma.

Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga bu talabnomani soliq to‘lovchi olganligini va talabnoma olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshirilishi lozim.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan taqdirda u buyurtma xat pochta jo‘natmasi topshirilganligi to‘g‘risidagi bildirish blankasida ko‘rsatilgan sanada olingan deb hisoblanadi.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma yuridik shaxs tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida yuridik shaxs soliq qarzini uzmagan taqdirda va ushbu kodeksning 63-moddasida nazarda tutilgan choralarni qo‘llash natijasida soliq qarzi uzilmay qolaversa, davlat soliq xizmati organlari undiruvni ushbu kodeksning 64-moddasida belgilangan tartibda soliq to‘lovchiga uning debitorlari o‘tkazishi lozim bo‘lgan summalarga qaratadi.
Yuridik shaxs soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida soliq qarzini uzmagan taqdirda va agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan choralarni qo‘llash natijasida mol-mulkka qaratish uchun, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan ko‘p bo‘lgan summadagi soliq qarzi uzilmay qolsa, davlat soliq xizmati organlari undiruvni ushbu kodeksning 65- moddasida belgilangan tartibda soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratadi.
Jismoniy shaxs soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida uni bajarmagan taqdirda davlat soliq xizmati organlari jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ariza bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qiladi, soliq qarzi summasi mol-mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lgan hollar bundan mustasno.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling